Ucelldan aloqaning yangi darajasi
Ucell Kompaniyasi O‘zbekistonda beshinchi avlod tarmog‘ini faol rivojlantirishda davom etmoqda – endi tezkor 5G-internet Termizda ham ishlaydi.
Bugungi kunda shaharning bir qismi Ucell 5G qamrov hududida joylashgan. Termiz aholisi va mehmonlari o‘ta yuqori tezlikdagi mobil internetdan foydalana oladilar – hatto tarmoqqa yuklama katta bo‘lganida ham tezlik 1 Gbit/soniyagacha, ushlanib qolish minimal darajada va signal barqaror bo‘ladi.
Tezlik va imkoniyatlarning yangi standarti
Ucell 5G tarmog‘i foydalanuvchilar oldida raqamli dunyoning mutlaqo yangi darajasini ochadi:
- filmlar, o‘yinlar va videolarning bir lahzada yuklanishi
- videoqo‘ng‘iroqlar va onlayn o‘yinlarning ushlanib qolishlarsiz barqaror sifati
- kishilar gavjum joylarda ishonchli bog‘lanish
5G allaqachon shahar ahli, talabalar, sayyohlar hamda kompaniyalar tomonidan qo‘llanilib, kundalik turmushni yanada qulayroq va shinamroq qilmoqda.
Tarmoq qayerlarda ishlaydi
Yangi 5G tayanch stansiyalari Termizning asosiy hududlariga o‘rnatilgan, jumladan:
- shaharning markaziy qismi;
- asosiy transport va biznes hududlari;
- qurilishlar zichligi yuqori hamda shahar hayoti faol bo‘lgan tumanlar.
Tarmoq qamrovi bundan keyin ham kengayishda davom etadi, toki shahar va viloyatning yanada ko‘p aholisi yangi avlod aloqasining afzalliklaridan foydalana olsinlar.
5G tarmog‘iga qanday ulanish mumkin
Yangi avlod tarmog‘idan foydalanish uchun quyidagilarga ishonch hosil qiling:
- Smartfoningiz 5G texnologiyasini qo‘llab-quvvatlaydi
- Siz 5G qamrov hududida turibsiz
- Smartfon sozlamalarida 5G rejimi yoqilgan (Yo‘li telefon rusumiga qarab farqlanishi mumkin – odatda: Sozlamalar → Mobil tarmoq → Tarmoq turi → 5G)
Faollashtirgandan keyin, signal mavjud bo‘lsa qurilma avtomatik tarzda 5G tarmog‘iga ulanadi.
https://ucell.uz/uz/faq/mobile-internet-and-internet-services/activate_5g
Qo‘shimcha sozlashlar talab etilmaydi – ulanish avtomatik amalga oshadi.
Ucell butun mamlakat bo‘ylab zamonaviy telekom-infratuzilmani rivojlantirish strategiyasini izchil amalga oshirib kelmoqda.
Termizda 5G ishga tushirilishi – ilg‘or raqamli texnologiyalar O‘zbekistonda yashovchi har bir insonga yetib borishi yo‘lidagi navbatdagi qadamdir.
Ucell — “Eng yaxshi mobil tarmoq” hamda “Eng tezkor mobil internet” yo‘nalishlarida Ookla® mukofotlari sohibi
Ookla® Speedtest Awards ma’lumotlariga ko‘ra, 2H 2025
Uzbekistan – 2025 Speedtest Awards
*2025-yil ikkinchi yarmiga (Q3–Q4 2025) oid Speedtest Intelligence® ma’lumotlari bo‘yicha Ookla® kompaniyasi tahlili asosida. Ookla savdo belgilari litsenziya bo‘yicha va huquq egasining ruxsati bilan qo‘llanmoqda.
