2026-yil 23-apreldan xizmatlarni taqdim etish shartlariga hamda ayrim arxiv tarif rejalariga o‘zgarishlar kiritiladi.
Tarif rejalari va xizmatlar bo‘yicha abonent to‘lovi faqat hisobda uni to‘liq yechib olish uchun yetarli mablag‘ mavjud bo‘lganida yechiladi.
Agar tarif rejasi bo‘yicha oylik abonent to‘lovi yechilishi vaqtida hisobda mablag‘ yetarli bo‘lmasa:
- abonent to‘lovi yechilmaydi;
- abonent hisobi manfiy holatga o‘tmaydi;
- abonent raqami bloklanadi.
Faol holatga o‘tish uchun hisobni abonent to‘lovining to‘liq hajmda yechilishiga yetarli miqdorga to‘ldirish zarur.
Abonent to‘lovi hisobga yetarli mablag‘ tushganidan so‘ng avtomatik ravishda yechiladi.
