Do'stlaringizni Ucell'ga taklif qiling va bonus ballar oling!

Ucell ilovasida yangi abonentlarni Ucell tarmog'iga taklif qilish va ular muvaffaqiyatli ulangani uchun bonus ballar olish imkonini beruvchi "Do'stingizni taklif qiling" dasturi mavjud

 

Har bir muvaffaqiyatli ulangan do'stingiz uchun siz 5 000 bonus ball, do'stingiz esa 10 000 bonus ball oladi

 

Dasturda qanday qatnashish mumkin?

1. Ucell ilovasini oching, "Do'stingizni taklif qiling" bannerini toping va "Taklif yuborish" tugmasini bosing.

2. Ilovani yuklab olish havolasini SMS yoki messenjer orqali do'stingizga yuboring.

3. Do'stingiz havola orqali o'tib, Ucell ilovasini yuklab olishi, SIM-karta yoki eSIM rasmiylashtirishi yoxud boshqa operatordan o'z raqamini Ucell tarmog'iga ko'chirishi (MNP), so'ng tarif uchun to'lovni amalga oshirishi kerak.

4. To'lovdan so'ng do'stingiz "Do'stni taklif qilganlik uchun bonus olish" bandini tanlashi, sizning telefon raqamingizni kiritishi va Ucell ilovasiga birinchi marta kirishi kerak.

 

Barcha shartlar bajarilgach, bonus ballar ikkala ishtirokchiga ham hisoblanadi.

 

Ishtirok etish shartlari

Dasturda faol Ucell raqamiga ega bo'lgan va O'zbekiston Respublikasi rezidenti hisoblangan abonentlar qatnashishi mumkin. Istalgancha do'st taklif qilish mumkin, biroq bonus ballar oyiga ko'pi bilan 5 ta muvaffaqiyatli ulanish uchun hisoblanadi.

Bonus ballardan ular hisoblanganidan keyingi ikkinchi oydan boshlab foydalanish mumkin. Ularni Ucell ilovasi orqali aloqa xizmatlari uchun to'lovga ishlatish mumkin. Har bir bonus ballning amal qilish muddati 12 oyni tashkil etadi.

2026-10-19