Roumingdagi MIX-to‘plamlarning yangi ulanishlar uchun yopilishi haqida

 

Hurmatli abonentlar!

 

Sizga shuni ma’lum qilamizki, 2026-yil 9-dekabrdan boshlab roumingda quyidagi internet-to‘plamlarni ulash imkoniyati to‘xtatiladi:

 

• Saudiya Arabistoni uchun MIX-to‘plamlar;

• Ommabop mamlakatlar uchun MIX-to‘plamlar.

 

Xizmat ko‘rsatish to‘xtatiladigan sanadan oldin ushbu to‘plamlarni ulagan abonentlar to‘plamlarning amal qilish muddati tugaguniga qadar ulardagi limitlardan foydalanishda davom etishlari mumkin.

 

Ucell xizmatlaridan foydalanganingiz uchun rahmat!

2026-11-24

Saytimizdan foydalanishda davom etib, siz Cookies fayllarni va boshqa foydalanuvchi ma'lumotlarini ko'rib chiqishga rozilik berasiz

Batafsil