Buxorodagi musiqiy festival

30 YIL BIRGA
Buxorodagi musiqiy festival
2026-yil 26-sentabr, soat 19:00  |  Manzil: Buxoro shahri, Ark qo‘rg‘oni, mo‘ljal - Poyi-Kalon

 

Ucell 30 yilligini nishonlamoqda - ulkan tadbirning bir qismiga aylaning!

 

Musiqa, yorqin shou-dastur, sovg‘alar va bayramona kayfiyat Ucellning yubiley kechasida sizni kutmoqda. Bir sahnada mashhur san’atkorlar chiqish qiladi, festival mehmonlari orasida esa qimmatbaho sovg‘alar o‘ynaladi.

Oqshom mehmonlari

Oqshom boshlovchisi:
Oybek Teshaboev
Asosiy mehmon:
“Benom” guruhi

Sovrinli o‘yinlar

Mehmonlar yutuqli o‘yinlarda quyidagilarga ega bo‘lishlari mumkin: Samsung, ZTE, Xiaomi, Honor smartfonlari, simsiz routerlar va portativ quvvatlagichlar.

 

Shuningdek, hamkorimiz Huawei taqdim etgan quyidagi sovrinlar ham o‘ynaladi: smart-soatlar va Huawei simsiz quloqchinlari.

 

Kirish bepul !

Ucell bilan birgalikda yubiley oqshomini maroqli o‘tkazing, musiqadan bahramand bo‘ling va qimmatbaho sovg‘alar o‘yinida ishtirok eting. Sovrinli o‘yinda ishtirok etish uchun pasportingizni o‘zingiz bilan olib kelishni unutmang.

 

Musiqa festivali Raqamli texnologiyalar vazirligining Buxoro viloyati hududiy sho‘basi va Buxoro viloyati hokimligi ko‘magida tashkil etildi.

 

2026-09-24