30 YIL BIRGA
Jizzaxdagi musiqiy festival
2026-yil 6-sentabr, soat 19:00 | Manzil: Jizzax shahri, Yoshlar markazi, “Visol” avtomobillar turar joyi
Ucell 30 yilligini nishonlamoqda - ulkan tadbirning bir qismiga aylaning!
Musiqa, yorqin shou-dastur, sovg‘alar va bayramona kayfiyat Ucellning yubiley kechasida sizni kutmoqda. Bir sahnada mashhur san’atkorlar chiqish qiladi, festival mehmonlari orasida esa qimmatbaho sovg‘alar o‘ynaladi.
Oqshom mehmonlari
Oqshom boshlovchisi:
Samandar Hamroqulov
Asosiy mehmon:
“Benom” guruhi
Sovrinli o‘yinlar
Mehmonlarni ajoyib sovg‘alar qo‘yilgan yutuqli o‘yinlar kutadi: Xiaomi, Honor, Tecno, Infinix smartfonlari hamda portativ quvvatlagichlar.
| Kirish bepul ! |
|---|
| Musiqa festivali Raqamli texnologiyalar vazirligining Jizzax viloyati hududiy boshqarmasi va Jizzax shahar hokimligi ko‘magida tashkil etildi. Ucell bilan birgalikda yubiley oqshomini maroqli o‘tkazing, musiqadan bahramand bo‘ling va qimmatbaho sovg‘alar o‘yinida ishtirok eting. Sovg‘alar o‘yinida ishtirok etish uchun pasportingizni o‘zingiz bilan olib kelishni unutmang. |
2026-08-25