Samarqanddagi musiqiy festival

30 YIL BIRGA
Samarqanddagi musiqiy festival
2026-yil 12-sentabr, soat 19:00  |  Manzil: Samarqand shahri, Islom Karimov ko‘chasi, mo‘ljal - Registon maydoni

 

Ucell 30 yilligini nishonlamoqda - ulkan tadbirning bir qismiga aylaning!

 

Musiqa, yorqin shou-dastur, sovg‘alar va bayramona kayfiyat Ucellning yubiley kechasida sizni kutmoqda. Bir sahnada mashhur san’atkorlar chiqish qiladi, festival mehmonlari orasida esa qimmatbaho sovg‘alar o‘ynaladi.

Oqshom mehmonlari

Oqshom boshlovchisi:
Oybek Teshaboev
Asosiy mehmon:
“Benom” guruhi

Sovrinli o‘yinlar

Mehmonlarni yutuqli o‘yinlar kutadi: ZTE, Xiaomi, Honor, Tecno smartfonlari va portativ quvvatlagichlar.

 

Shuningdek, hamkorimiz Huawei taqdim etgan sovrinlar ham o‘ynaladi: 5G-routerlar va Huawei simsiz quloqchinlari.

 

Kirish bepul !

Ucell bilan birgalikda yubiley oqshomini maroqli o‘tkazing, musiqadan bahramand bo‘ling va qimmatbaho sovg‘alar o‘yinida ishtirok eting. Sovrinli o‘yinda ishtirok etish uchun pasportingizni o‘zingiz bilan olib kelishni unutmang.

 

Musiqa festivali Raqamli texnologiyalar vazirligi Samarqand viloyati hududiy boshqarmasi va Samarqand viloyati hokimligi ko‘magida tashkil etildi.

 

2026-09-10