Ucell 30 yilligini nishonlamoqda - ulkan tadbirning bir qismiga aylaning!
Musiqa, yorqin shou-dastur, sovg‘alar va bayramona kayfiyat Ucellning yubiley kechasida sizni kutmoqda. Bir sahnada mashhur san’atkorlar chiqish qiladi, festival mehmonlari orasida esa qimmatbaho sovg‘alar o‘ynaladi.
Oqshom mehmonlari
Sovrinli o‘yinlar
Mehmonlarni yutuqli o‘yinlar kutadi: ZTE, Xiaomi, Honor smartfonlari va portativ quvvatlagichlar.
Shuningdek, hamkorimiz Huawei taqdim etgan sovrinlar ham o‘ynaladi: Huawei simsiz quloqchinlari.
| Kirish bepul ! |
|---|
|
Ucell bilan birgalikda yubiley oqshomini maroqli o‘tkazing, musiqadan bahramand bo‘ling va qimmatbaho sovg‘alar o‘yinida ishtirok eting. Sovrinli o‘yinda ishtirok etish uchun pasportingizni o‘zingiz bilan olib kelishni unutmang.
Musiqa festivali Raqamli texnologiyalar vazirligi Qashqadaryo viloyati hududiy boshqarmasi va Shahrisabz shahar hokimligi ko‘magida tashkil etildi. |