28.05.2025-y.dan Ucell yangi – “Foydali 45”, “Foydali 55” hamda “Ehtirom” tariflarini joriy etadi.
“Foydali 45” tarifi oyiga 10 GB umumiy internet-trafik, Tas-IX uchun 15 GB, O‘zbekiston bo‘ylab 700 daqiqa va 700 SMSni o‘z ichiga oladi.
Oylik abonent to‘lovi – 45 000 so‘m.
“Foydali 55” tarifi oyiga 15 GB umumiy internet-trafik, Tas-IX uchun 25 GB, O‘zbekiston bo‘ylab 700 daqiqa va 700 SMSni o‘z ichiga oladi.
Oylik abonent to‘lovi – 55 000 so‘m.
“Ehtirom” tarifi oyiga 5 GB umumiy internet-trafik, O‘zbekiston bo‘ylab 500 daqiqa va 500 SMSni o‘z ichiga oladi.
“Ehtirom” tarifi faqat Ucell ofislarida yangi ulanishlar uchun amal qiladi.
Muhim!
Tarifga ulanish shaxsni tasdiqlovchi hujjatni hamda quyidagi hujjatlardan birini taqdim etgan holda amalga oshiriladi:
· Pensiya guvohnomasi;
· Imkoniyati cheklangan shaxs (nogironligi bo‘lgan shaxs) hujjati;
· Afg‘oniston hududidagi jangovar harakatlar (1979–1989-y.) ishtirokchilari guvohnomasi;
· 1941–1945-yillardagi urush qatnashchisi – faxriysining maxsus guvohnomasi.
Oylik abonent to‘lovi – 25 000 so‘m.
Ulanish 28.05.2025-y.dan ochiq.
