Kompaniya xizmatlari hamda tariflar bo‘yicha takliflar uchun telesotuvlar guruhi va aqlli robot raqamlari.

 

Hurmatli abonentlar!

 

 

Sizga ma’lum qilamizki, Ucell yangi manfaatli tarif rejalari, xizmatlar va dolzarb aksiyalar haqidagi bildirishnomalar uchun qo‘shimcha raqamlarni ishga tushirdi. Buning uchun kompaniya quyidagi raqamlardan foydalanadi:

 

  • +99893 000-81-23 — telesotuvlar guruhi xodimlaridan qo‘ng‘iroqlar.
  • +99893 000-88-00 — bizning IIVR aqlli robot-yordamchimizdan qo‘ng‘iroqlar

 

Muhim!

 

  • Bizning mutaxassislarimiz va robotimiz hech qachon SMS-kodlar, parollar yoki bank kartalari ma’lumotlarini so‘ramaydi. 
  • Ushbu raqamlar faqat chiquvchi qo‘ng‘iroqlar uchun qo‘llanadi, ularga kiruvchi qo‘ng‘iroqlar qabul qilinmaydi.
2026-06-19