Hurmatli “Active Start”, “Active 70” va “Active 100” tarif rejalari abonentlari!
2026-yil 29-apreligacha siz oldindan to‘lov (Prepaid) tizimidagi ochiq tarif rejalaridan istalgan biriga o‘tishingiz mumkin.
2026-yil 30-apreldan boshlab, yuqorida ko‘rsatilgan tarif rejalari abonentlari belgilangan muddatda tarifni almashtirmagan taqdirda, quyidagi tartibda bir tomonlama ravishda avtomatik o‘tkaziladi:
• “Active Start” tarifidan “Bor 50” tarifiga;
• “Active 70” tarifidan “Bor 70” tarifiga;
• “Active 100” tarifidan “Bor 90” tarifiga.
Agar abonentda yangi tarif rejasida mavjud bo‘lmagan qo‘shimcha xizmatlar ulangan bo‘lsa, bunday xizmatlar tarif almashtirilgan paytda avtomatik ravishda o‘chiriladi.
