Butun mamlakat bo‘ylab 10 000 000 dan ortiq abonent Ucell’ga ishonadi. Bu shunchaki raqamlar emas – bu har kuni muloqot, internet, ish, o‘yin-kulgi va yaqinlari bilan aloqa qilish uchun Ucell’ni tanlaydigan millionlab insonlardir.
Ushbu yaxlit son ortida bir necha yillik shiddatli mehnat, yangi texnologiyalar joriy etilishi, 5G ishga tushirilishi, qamrov kengaytirilishi, manfaatli tariflar va har bir mijozga cheksiz g‘amxo‘rlik yotibdi. Biz mamlakat telekommunikatsiya sohasini rivojlantirayotganimiz hamda barcha uchun yangi imkoniyatlar ochayotganimiz bilan faxrlanamiz.
Biz bilan birga bo‘lgan har biringizga rahmat. 10 million — bu faqat boshlanishi. Birgalikda yangi cho‘qqilar sari olg‘a!
Ucell – O‘zbekistondagi eng tezkor mobil internet!*
*2024-yilga oid Speedtest Intelligence® ma’lumotlari bo‘yicha Ookla® kompaniyasi tahlili asosida. Ookla savdo belgilari litsenziya bo‘yicha qo‘llanmoqda va muallif ruxsati bilan chop etilmoqda.
