Rejadagi texnik ishlar olib borilishi sababli 25.11.2025-y. soat 01:00 dan 10:00 gacha bo‘lgan davrda Ucell tarmog‘ida abonentlar uchun mijozlarga xizmat ko‘rsatish, USSD orqali o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish, Ucell mobil ilovasi, Shaxsiy kabinet, Mobil avans taqdim etilishi, to‘lovlarni amalga oshirish ishlarida uzilishlar bo‘lishi mumkin.
Ushbu davrda Ucell tarmog‘idagi ba’zi abonentlar uchun 2G/3G/4G tarmog‘ida ko‘rsatiladigan xizmatlarda sifat pasayishi va uzilishlar kuzatilishi mumkin.
2025-11-21
