O‘yinlarga prognoz qiling va qimmatbaho sovrinlarni yutib oling
2026-yil 11-iyundan boshlab Ucell mobil ilovasi foydalanuvchilari uchun «OVVA FIFA 2026!» tanlovi mavjud bo‘ladi.
Ishtirokchilar 2026-yilgi futbol bo‘yicha Jahon chempionati o‘yinlari natijalariga bepul prognoz berishlari, ball to‘plashlari, reytinglarga kirishlari hamda smartfonlar va boshqa qimmatbaho sovrinlar o‘yinida qatnashishlari mumkin.
Guruh bosqichi yakunida TOP-100 reytingi, Pley-off bosqichi yakunida esa TOP-50 reytingi shakllantiriladi. Ushbu reytinglarga kirgan ishtirokchilarga 30 kalendar kun amal qiladigan 5 GB internet-paket 100% chegirma bilan taqdim etiladi.
Tanlovning asosiy super sovrini — Apple iPhone 17 Pro Max 256 GB.
Tanlov Ucell mobil ilovasining 2.10 va undan yuqori versiyasida faol holatdagi Prepaid abonentlar va jismoniy shaxslar (Postpaid) uchun mavjud.
Tanlovning batafsil shartlari Ucell mobil ilovasida mavjud.