Endi xorijiy fuqarolar ham Ucell SIM-kartasini mustaqil ro‘yxatdan o‘tkazish imkoniyatiga ega!

Endilikda O‘zbekiston Respublikasi hududida bo‘lgan xorijiy fuqarolar ham Ucell SIM-kartasini mobil ilova orqali mustaqil ravishda ro‘yxatdan o‘tkazishlari mumkin — tez, qulay va xizmat ko‘rsatish ofisiga tashrif buyurmasdan.

 

Ulanish yanada oson: ilova orqali atigi bir necha daqiqada ulanasiz — va shu zahoti Ucell xizmatlari, mobil internet hamda raqamli servislaridan foydalanishingiz mumkin.

 

SIM-kartani qayerdan xarid qilish mumkin:

  • Butun Respublika bo‘ylab “Assorti” marketlari va minimarketlarda;
  • Onlayn — “Uzum Market”, “Yandex Market”, “Yandex Lavka”, “Asaxiy” va “Olcha.uz” orqali.

 

SIM-kartani onlayn rasmiylashtiring va qayerda bo‘lishingizdan qat’i nazar, Ucell bilan aloqada qoling.

2026-06-12