Endi SIM-kartani Ucell mobil ilovasi orqali almashtirish mumkin

Ucell kompaniyasi raqamli o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish imkoniyatlarini kengaytirishda davom etmoqda. Endilikda abonentlar kompaniya ofisiga tashrif buyurmasdan, SIM-kartani almashtirish xizmatidan bevosita Ucell mobil ilovasi orqali mustaqil foydalanishlari mumkin.

 

Ushbu xizmat mobil raqamdan foydalanishni davom ettirgan holda, qurilmaning kerakli turdagi SIM-kartani qo‘llab-quvvatlashiga qarab istalgan turdagi SIM-kartani almashtirish imkonini beradi. Tanlangan variantga qarab, abonentlar jismoniy SIM-kartadan eSIM’ga, eSIM’dan jismoniy SIM-kartaga o‘tishlari, shuningdek, SIM-karta yoki eSIM’ni xuddi shu turdagi yangisiga almashtirishlari mumkin.

 

Ucell mobil ilovasida SIM-kartani almashtirishning quyidagi variantlari mavjud:

 

• Jismoniy SIM-kartadan eSIM’ga o‘tish;

• eSIM’dan jismoniy SIM-kartaga o‘tish;

• Jismoniy SIM-kartani boshqa jismoniy SIM-kartaga almashtirish;

• eSIM’ni boshqa eSIM’ga almashtirish.

 

Yangi xizmat yordamida abonentlar o‘zlariga mos SIM-karta turini tanlashlari va uni onlayn tarzda tez va qulay almashtirishlari mumkin. Buning uchun Ucell ofisiga tashrif buyurish shart emas.

 

Ucell mobil ilovasini oching va raqamli o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish imkoniyatlaridan foydalaning!

2026-10-15