Qo'qonim, Ovoz 25, Internet 60, Student tarif rejalari, shuningdek "Special BN" va "Turist" tarif liniyalari abonentlari diqqatiga!

 

Hurmatli «Student», «Ovoz 25», «Qo‘qonim», «Internet 60», «Tourist 40», «Tourist 55», «Tourist 70», «Tourist 100», «Tourist 150», «Special Start BN», «Special Plus BN», «Special Ultra BN», «Special 70 BN», «Special 80 BN», «Special 100 BN» va «Special 125 BN» tarif rejalari abonentlari!

 

2026-yil 01-oktabrgacha siz ochiq tarif rejalaridan istalgan biriga o‘tishingiz mumkin.

 

2026-yil 01-oktabrdan boshlab, yuqorida ko‘rsatilgan tarif rejalari abonentlari belgilangan muddatda tarifni almashtirmagan taqdirda, quyidagi tartibda bir tomonlama ravishda avtomatik o‘tkaziladi:

• «Student» va «Ovoz 25» tarif rejalaridan «Yangi Start» tarifiga;

• «Qo‘qonim», «Tourist 70», «Special Ultra BN» va «Special 70 BN» tarif rejalaridan «Bor 70» tarifiga;

• «Internet 60», «Tourist 55» va «Special Plus BN» tarif rejalaridan «Bor 60» tarifiga;

• «Tourist 40» tarif rejasidan «Bor 45» tarifiga;

• «Tourist 100», «Tourist 150» va «Special 125 BN» tarif rejalaridan «Bor 110» tarifiga;

• «Special Start BN» tarif rejasidan «Bor 50» tarifiga;

• «Special 80 BN» tarif rejasidan «Bor 80» tarifiga;

• «Special 100 BN» tarif rejasidan «Bor 90» tarifiga.

 

Agar abonentda yangi tarif rejasida mavjud bo‘lmagan qo‘shimcha xizmatlar ulangan bo‘lsa, bunday xizmatlar tarif almashtirilgan paytda avtomatik ravishda o‘chiriladi.

 

2026-yil 01-oktabrdan boshlab «Restart» xizmatini «Qo‘qonim», «Ovoz 25», «Internet 60», «Student», «Special BN» va «Tourist» tarif rejalarida ulash va undan foydalanish imkoni bo‘lmaydi.

2026-09-17