Mobil va keng polosali tarmoqlar tahlili sohasidagi dunyo yetakchisi – Ookla® Speedtest Intelligence® ma’lumotlari asosida Ucell kompaniyasi ketma-ket ikkinchi yil O‘zbekistonda eng tezkor mobil internetli operator sifatida e’tirof etilmoqda.
Butun 2024-ytl hamda 2025-yilning dastlabki ikki choragi mobaynida Ucell mamlakatning barcha operatorlari orasida internet tezligi bo‘yicha birinchi o‘rinni barqaror egallab kelmoqda. Ookla® g‘olibni aniqlash uchun Speedtest® ilovasida o‘tkazilgan 400 000 dan ortiq foydalanuvchi testlarini tahlil qilib chiqdi. Reyting metodologiyasi butkul shaffof, natijalarni esa rasmiy saytda ko‘rish mumkin: https://www.speedtest.net/awards/uzbekistan/
“Ketma-ket ikki yil eng tezkor mobil tarmoq uchun Speedtest Award sovrinini olayotgan Ucell kompaniyasining uzluksiz muvaffaqiyatlari – uning O‘zbekiston telekommunikatsiya sohasida bozorida yetakchi ekanining yorqin dalilidir” – ta’kidlaydi Ziff Davis tarkibiga kiruvchi Ookla kompaniyasi prezidenti va bosh direktori Stiven Bay. “Speedtest sovrinlari baholashga talabchanlik bilan va obyektiv yondashuvi tufayli mashhur, bu esa mazkur yutuqning ahamiyatini yanada oshiradi. Ushbu sovrin Ucellning o‘z mijozlarini soha yetakchilari darajasidagi yuksak samaradorlikka va sifatga ega tarmoq bilan ta’minlashga intilishini aks ettiradi”.
Mazkur yutuq kompaniya barqaror taraqqiyotining mantiqiy davomi bo‘ldi. Bunday natijaga so‘nggi 3 yildagi $430 mln dan oshiq investitsiyalar, talabgir raqamli texnologiyalarni ishga tushirish, sotuvlar tarmog‘ini kengaytirish, qulay tariflar hamda aloqa sifati sababli erishildi.
Ushbu muvaffaqiyatlar ortida puxta o‘ylangan strategiya, zamonaviy texnologiyalar hamda Ucell abonentlari eng yaxshi aloqa sifatiga va xalqaro darajadagi mobil internetga ega bo‘lishlari ustida har kuni ishlovchi kuchli professionallar jamoasi turibdi.
Ucellga bugunoq qo‘shiling va sloqaning yuqori sifatini baholang!
2025-yil 1–2-choraklariga oid Speedtest Intelligence® ma’lumotlari bo‘yicha Ookla kompaniyasi tahlili asosida. Ookla savdo belgilari litsenziya bo‘yicha qo‘llanmoqda va muallif ruxsati bilan chop etilmoqda.
