Ucell 2025-yilning -avgustidan tarif rejalarining “TV Bor” nomli yangi tizimini taqdim etadi. Bu sevimli filmlar va televideniyeni reklamasiz tomosha qilish, musiqa tinglash, kitob oʻqish hamda barqaror va tezkor internet bilan doim aloqada boʻlishni istaydiganlar uchun mukammal yechimdir.
“TV Bor” shunchaki tariflar emas. Ularga ham yangi abonentlar, ham qulaylikning yuqoriroq bosqichiga oʻtmoqchi boʻlgan joriy abonentlar ulana oladi.
“TV Bor” va “TV Bor Plus” tariflariga nimalar kiradi
• Ucell TV Max — 180 dan ortiq telekanal, reklamasiz filmlar, serial va telekoʻrsatuvlar.
• Yandex Plus obunasi — musiqa, podkast, audiokitob, elektron kitoblar va taksi safarlaridan keshbek.
• Serob internet trafik — istalgan vaqtda kontentdan bemalol foydalanish uchun.
Ucell TV Max — choʻntagingizdagi televideniye Maksimum imkoniyatlarga baho bering:
• 180 ta telekanal — koʻngilochar koʻrsatuvlardan multfilmlargacha, jonli va yozib olingan efirlar.
• Bitta akkaunt uchun beshtagacha qurilma — uyda, yoʻlda yoki dam olganda tomosha qiling.
• Yozib olish va qayta koʻrish funksiyalari — hech nimani oʻtkazib yubormaysiz.
• Har qanday qurilmaga mos — smartfon, planshet, noutbuk, Smart TV.
• Internet trafikni sarflamasdan — kontentni megabayt sarflamasdan koʻring.
• Ovoz va videoning yuqori sifati — qayerda boʻlishingizdan qatʼi nazar.
Yandex Plus — musiqa, kitoblar va keshbek ichida
Yandex Plus obunasi “TV Bor Plus” tarif rejasiga kiradi — hech qanday qoʻshimcha toʻlovlar yoʻq, faqat foyda.
• Yandex Music — Kayfiyatga mos aqlli pleylist, podkast va minglab audiokitoblar — bari reklamasiz.
• Yandex Books — Qulay ilovadagi elektron va audiokitoblar. Istalgan joyda oʻqing yoki tinglang.
• Yandex Go Plus - keshbek ballari bilan safarlar — ularni taksi, ovqat yetkazib berish va Yandexʼning boshqa xizmatlarida chegirma olish uchun ishlating.
Hamma afzalliklar — allaqachon tarifingizda.
Ucell — mobil internet tezligi boʻyicha Oʻzbekistonda birinchi Ookla® ga qarashli Speedtest Intelligence® maʼlumotlariga koʻra, Ucell kompaniyasi ikki yildan beri mamlakatdagi mobil internet tezligi boʻyicha yetakchi.
Ushbu reytingga asos — Speedtest® ilovasida oʻtkazilgan 400 000 dan ortiq foydalanuvchi testlari. Tadqiqot natijalari bilan rasmiy saytda tanishib chiqishingiz mumkin: speedtest.net/awards/uzbekistan
“TV Bor” tariflar tizimiga bugunoq ulaning!
TV Bor tariflari bu — tanlash erki, qulaylik, sifat va internetning misli koʻrilmagan tezligi. Zavq oling, oʻrganing, muloqot qiling — barchasi Ucell’ning bitta paketida.
Ucell mobil ilovasi, operator sayti yoki istalgan sotuv ofisida ulanish mumkin. Batafsil
