Ucell 30 yilligiga bag‘ishlangan “Yandex Stansiya yutib oling” aksiyasining birinchi bosqichi g‘oliblari aniqlandi!

Birinchi bosqich yakunlari
"Yandex Stansiya yutib oling" aksiyasi

Biz "Yandex Stansiya yutib oling" aksiyasining birinchi bosqichi yakunlarini chiqardik va ilk g'oliblarni aniqladik.

Yutuqli o'yin tasodifiy sonlar generatori — mustaqil servisini qo'llagan holda o'tkazildi. Yutuqli o'yinning videoyozuvi Ucell rasmiy resurslarida e'lon qilindi.

🎉 G'oliblarni tabriklaymiz!

Sovrin G'olib
Yandex Mini Plus (Ko'k) +99899***5892
Yandex Mini 3 (Kul rang) +99894***8388
Yandex Midi (Zarg'aldoq) +99899***0081

Agar bu gal omad sizga kulib boqmagan bo'lsa — ko'nglingizni cho'ktirmang!

Aksiya davom etmoqda, oldinda esa hali ikkita bosqichda yutuqli o'yinlar bor! Olingan barcha imkoniyatlar saqlanib turadi va aksiya tugagunicha navbatdagi yutuqli o'yinlarda avtomatik tarzda qatnashadi.

Qanday ishtirok etish mumkin?

Ucellning o'z savdo ofisidan istalgan smartfonni xarid qilish orqali. Bitta chek g'alaba uchun bitta imkoniyat taqdim etadi. Xaridlar soni qancha ko'p bo'lsa, yutish ehtimoli ham shuncha yuqori bo'ladi.

Nima yutib olish mumkin?

Aksiya doirasida quyidagilar o'ynaladi:

Yandex Stansiya Maks with Zigbee
1 dona
Yandex Stansiya Midi
3 dona
Yandex Stansiya Mini 3
2 dona
Yandex Stansiya Mini Plus
3 dona

Aksiyaning o'tkazilish davri: 2026-yil 1-iyuldan 30-sentabrgacha.

Navbatdagi bosqichlarning g'oliblari har oyning oxirida aniqlanadi, natijalari esa keyingi oylarning birinchi sanalarida e'lon qilinadi. Yangiliklarni saytda va ijtimoiy tarmoqlardagi Ucell rasmiy sahifalarida kuzatib boring.

2026-08-04