2026-yil 1-iyuldan 30-sentabrgacha Ucellning o‘z savdo ofislarida istalgan smartfonni xarid qilgan har bir mijoz avtomatik ravishda “Yandex Stansiya” qurilmalari yutuqli o‘yinining ishtirokchisiga aylanadi.
Aksiya doirasida “Yandex Stansiya Maks with Zigbee”, “Yandex Stansiya Midi”, “Yandex Stansiya Mini 3” va “Yandex Stansiya Mini Plus” qurilmalari o‘ynaladi.
Qanday ishtirok etish mumkin
Aksiyada ishtirok etish uchun uning o‘tkazilish davri davomida Ucellning o‘z savdo ofislaridan istalgan smartfonni xarid qilish kifoya. Xariddan so‘ng siz avtomatik ravishda o‘yin ishtirokchisiga aylanasiz. Qo‘shimcha ro‘yxatdan o‘tish yoki boshqa shartlarni bajarish talab etilmaydi.
Smartfon xaridi uchun berilgan har bir chek bittadan ishtirok imkoniyatini taqdim etadi. Xaridlar soni qancha ko‘p bo‘lsa, g‘alaba qozonish imkoniyati ham shuncha yuqori bo‘ladi. Olingan barcha imkoniyatlar saqlanib turadi va aksiya o‘tkazilishining butun davri mobaynida har bir navbatdagi yutuqli o‘yin bosqichida ham ishtirok etadi.
G‘oliblar qanday aniqlanadi
Aksiya davomida jami uchta o‘yin o‘tkaziladi. G‘oliblar har oyning oxirida aniqlanadi, natijalar esa keyingi oyning dastlabki kunlarida e'lon qilinadi. G‘oliblar Random.org tasodifiy sonlar generatori yordamida aniqlanadi. Har bir yutuqli o‘yin videoga yozib olinadi, natijalar va videoyozuvlar esa Ucell kompaniyasining rasmiy axborot resurslarida e’lon qilinadi.