19.06.2024-y.dan “Cheksiz 5G internet” xizmatiga ulanish imkoni bo‘lmaydi.
Yuqori 1 Gb/soniya tezlikdagi mobil Internet;
Bugunoq smartfoningizda juda tezkor, barqaror internet;
Berilgan trafik hajmi, MB
Tezlik
Faollashtirish narxi
Amal qilish muddati
Cheksiz 5G internet
Yuqori 1 Gb/soniya tezlikdagi
Doimiy Ultra, Doimiy Ultra Plus, Doimiy Max, Yangi Doimiy Max, Doimiy 100, Doimiy 150, Katta Doimiy 55, Katta Doimiy 70, Katta Doimiy 100 va Katta Doimiy 150 uchun - 0 UZS
3 oy
Doimiy Start, Doimiy Plus, Doimiy 35, Doimiy 40, Katta Doimiy 40 uchun - 2000 UZS
Amal qilish muddati – faollashtirish kunidan boshlab 3 oy;
Holatini tekshirish – *511#;
To‘plamni bitta abonent raqamida faqat bir marta faollashtirish mumkin;
Taklifdan faqat 5G tayanch stansiyalarining qamrov hududida foydalanish mumkin, internet-trafik tarif rejasi shartlariga muvofiq narxlanadi;
Taklifni bitta abonent raqamida faqat bir marta faollashtirish mumkin
Ushbu tarmoqdan foydalanish uchun:
- Smartfon 5G texnologiyasini qo'llab-quvvatlashi va qurilma dasturiy ta'minotini ishlab chiqaruvchi tamonidan ruxsatiga ega bo'lishi kerak; - Abonent 5G tayanch stansiyalarining qamrov hududida joylashgan bo'lishi kerak; - Faol holatda bo'lish kerak;
Agar abonent raqami 4G/3G/2G tarmog‘ida ro‘yxatdan o‘tsa, narxlash tarif rejasi shartlari bo‘yicha Ucell-Internet qiymati narxiga muvofiq amalga oshadi.
Agar taklif faollashtirilishi paytida internet-sessiya faol bo‘lsa, sessiyani to‘xtatib, USSD-so‘rov orqali xizmatni faollashtirgandan keyin sessiyani yangilash lozim.
Bilish muhim!
Xizmatni faollashtirish faqat Siz xizmatning belgilanganligi to‘g‘risida SMS-xabar olgan paytda amalga oshadi. Agar Sizga SMS-xabar kelmagan bo‘lsa, unda xizmatning faollashganini tekshirish uchun *905# USSD-so‘rovidan foydalanishni tavsiya etamiz. Agar xizmat yoqilmagan yoki abonent raqamingiz 4G/3G/2G tarmog‘ida ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lsa, internet Sizning tarif rejangizga muvofiq narxlanadi. Bunday hollarda Kompaniya ko‘rsatilgan xizmatlar uchun qayta hisob-kitob qilmaydi.
Standart holatga ko‘ra, 5G tarmog‘idagi qurilmalar avtomatik tarzda yanada barqaror bo‘lgan 4G LTE tarmog‘iga qaytishi mumkin. Masalan, quyidagi vaziyatlarda shunaqa bo‘lishi mumkin: - internetdagi so‘rovlar katta hajmdagi ma’lumot almashishni hamda internetning yuqori tezligini talab qilmasa; - foydalanuvchi 5G tarmog‘ining qamrov hududini tark etsa yoki signal sifati barqaror ishlash uchun yetarli bo‘lmay qolsa; - 5G rejimida qurilmalar dastlabki bog‘lanish va boshqarishni yo‘lga qo‘yish (signallashtirish) uchun 4G LTE tarmog‘idan foydalanadi, keyin esa ma’lumot almashish uchun 5G tarmog‘iga o‘tadi. Bunda smartfonda 5G tarmog‘ining belgichasi aks etib turishi mumkin.