Aksiya shartlari
1. “Bor 70”, “Bor 80”, “Bor 110” hamda “Bor 160” tariflariga yangi ulanishlarda, 31.12.2026-y.gacha bo‘lgan muddatda aksiya bo‘yicha “5G tarmog‘ida cheksiz internet” taqdim etiladi.
2. Aksiyadan Prepaid abonentlari foydalana oladilar.
3. Aksiya 05.02.2026-y.dan 15.03.2026-y.gacha Toshkent shahridagi ofislarda va rasmiy dilerlarda faqat yangi ulanishlar uchun amal qiladi.
4. Cheksiz internet faqat 5G tarmog‘ida amal qiladi. 5G qamrov hududidan tashqarida esa internet-trafik faol tarif rejasi shartlariga muvofiq narxlanadi.
5. Xizmatning amal qilish muddati – 31.12.2026-y.gacha.
6. Xizmat bepul taqdim etiladi.
7. Xizmat 5G tarmog‘ida eng yuqori ustuvorlik bilan faollashadi.
8. Cheksiz internet doirasida internetni ulashish (Hotspot) imkonsiz.
9. Internetni ulashish (Hotspot) holatida trafik tarif rejasi bo‘yicha asosiy trafikdan sarflanadi.
10. Hajm bo‘yicha cheklov — har oyda 2 TB. Ko‘rsatilgan hajmga yetilgach, joriy oylik davrning (ulanish sanasidan boshlab 30 kun) oxirigacha internet-bog‘lanish tezligi 5 Mbit/soniyagacha tushiriladi.
11. Xizmatning amal qilish muddati va holatini *100# USSD-buyrug‘i orqali tekshirish mumkin.
12. Xizmatni raqami Bloklangan holatdagi abonentlarga belgilab bo‘lmaydi.
13. Xizmatdan faqat 5G standartidagi baza stansiyalarining amal qilish hududida foydalanish mumkin.
Qamrov hududining xaritasi orqali, manzilingizda Ucell 5G qamrovi mavjudligini tekshiring;
Mobil qurilmangiz 5G Band 78 (3500 Mgs chastotasida) texnologiyasini qo‘llab-quvvatlashiga ishonch hosil qiling;
Qamrov hududiga bog‘liq holda tarmoqni (5G/4G/3G/2G) avtomatik qidirish va tanlash uchun tarmoqning «Avto» rejimini tanlang;
E’tibor bering, ovozli aloqa va USSD-so‘rovlar 5G tarmog‘ida amal qilmaydi;
Bunda tarmoq rejimi 3G/2G standartiga yoki VoLTE xizmati faol bo‘lsa – 4G standartiga o'tadi.
Qadamlar:
1.“Sozlamalar” → “Uyali aloqa” → “Parametrlar”ga kiring (“Настройки → Сотовая связь → Параметры”).
2. “Ovoz va ma’lumotlar”ni tanlang (“Голос и данные”).
3. “5G Avtomatik” rejimi yoqilganiga ishonch hosil qiling (“5G Автоматически”).
Qadamlar:
1. “Sozlamalar” → “Ulanishlar” → “Mobil tarmoqlar”ga kiring (“Настройки → Подключения → Мобильные сети”).
2. “Tarmoq rejimi”ni tanlang (“Режим сети”).
3. “5G/LTE/3G/2G (avtomatik)” opsiyasini tanlang (“5G/LTE/3G/2G (автоматически)”).
Qadamlar:
1. “Sozlamalar” → “SIM-kartalar va mobil tarmoqlar”ni oching (“Настройки → SIM-карты и мобильные сети”).
2. 5Gni faollashtirish kerak bo‘lgan SIM-kartani tanlang.
3. “Afzal tarmoq turi” bo‘limida “5G (tavsiya etiladi)”ni tanlang (“Тип сети по умолчанию → 5G (рекомендуется)”).
Qadamlar:
1. “Sozlamalar” → “Mobil tarmoqlar” → “Mobil ma’lumotlar”ga kiring (“Настройки → Мобильная сеть → Мобильные данные”).
2. “Tarmoq rejimi”ni tanlang (“Режим сети”).
3. “5G/4G/3G/2G avtomatik tanlov”ni o‘rnating (“5G/4G/3G/2G автоматический выбор”).
Qadamlar:
1. “Sozlamalar” → “SIM-karta va mobil tarmoq”qa kiring (“Настройки → SIM-карта и мобильная сеть”).
2. shlatilayotgan SIM-kartani tanlang.
3. “Afzal ko‘riluvchi tarmoq turi”ни bosing va “5G/4G/3G/2G (avtomatik)”ni tanlang (“Предпочитаемый тип сети → 5G/4G/3G/2G (автоматически)”).