Raqamni yashirish



Ucell abonentlari uchun ushbu xizmat qo‘ng‘iroq vaqtida shaxsiy raqamini chaqirilayotgan abonentning mobil telefoni displeyida ko‘rsatmaslik imkonini beradi. Chaqirilayotgan abonentning mobil telefoni displeyida “Raqam aniqlanmadi” yoki telefon rusumi sozlamalariga xos boshqa yozuv ko‘rinadi.
 
USSD-buyruqlar balansni tekshirish, xizmatlarni ulash va raqam bo‘yicha ma’lumotlarni olishga yordam beradi. Bunday buyruqlar to‘g‘ri ishlashi uchun telefon 3G tarmog‘iga ulangan bo‘lishi lozim.
 
LTE tarmog‘ida USSD-buyruqlar jo‘natilmaydi.
 
Xizmatlarni qulay boshqarish uchun Ucell mobil ilovasini yuklab oling. Batafsil:


 
Kunlik to'lov 
421 so'm/kuniga
 
Oylik to'lov 
6990 so'm/oyiga
 
Faollashtirish 
*321#



 

Narxlar soliqlar bilan ko'rsatilgan.


“Raqamni yashirish” xizmatini *311#  buyrug‘idan foydalangan holda boshqarish mumkin.

Xizmat yoqilganidan so‘ng barcha qo‘ng‘iroqlar yashirin holda amalga oshiriladi. Shundan so‘ng siz istagan paytda bu xizmatni o‘z telefoningiz menyusida to‘xtatishingiz va yoqishingiz mumkin bo‘ladi. Bunda abonent to‘lovi xizmatni bekor qilish USSD-so‘rovi amalga oshirilgunicha yechiladi.

 

Agar telefoningizda "Raqamni yashirish" xizmati yoqilgan bo‘lsa va siz qaysidir raqamga (masalan, do‘stingizda) qo‘ng‘iroq qilganingizda sizning raqamingiz aniqlanishini hohlasangiz, quyidagi raqamlarni tering:

 

*31#XXXXXXXXX yoki *31#+9989YXXXXXXX, bu yerda XXXXXXXXX – qo‘ng‘iroq qilinayotgan telefon raqami.

 

Agar “Raqamni yashirish” xizmati yoqilgan, lekin telefon apparati sozlashlarida o’chirilgan bo’lsa, telefon raqamingizni yashirish uchun, quyidagi tarzda qo’ng’iroq qiling:

 

#31#XXXXXXXXX yoki #31#+9989YXXXXXXX, bu yerda XXXXXXXXX – qo‘ng‘iroq qilinayotgan telefon raqami.


Xizmatni boshqarish

Buyruq Tavsif To‘g‘ridan-to‘g‘ri so‘rov
1 Xizmatga ulanish *311*1#
2 Xizmatni bekor qilish *311*2#
3 Xizmat holatini tekshirish *311*3#
4 Qo'shimcha ma’lumot *311*4#

 

Narxlar soliqlar bilan ko‘rsatilgan.

 

Kompaniyaning barcha abonentlari faollashtira oladilar.

“Doimiy”, “Sof” , "Katta Doimiy", "Bor" tariflar tizimlari , "Foydali 45", "Foydali 55" ,“Start 10” hamda  “Ovoz 15” tarif rejalari abonentlari uchun kunlik “Raqamni yashirish” xizmati amal qilmaydi.

 

Xizmatning barcha funksiyarini bitta USSD-menyu orqali boshqarish mumkin – *111*2*6# .

 

Yashirilgan raqam chaqirilayotgan abonentning qo‘ng‘iroqlar tafsilotida to‘liq ko‘rsatilishini inobatga olishingizni so‘raymiz.

 

“Qadrdonlar!” sodiqlik dasturi doirasida “Raqamni yashirish” xizmatidan quyidagi abonentlar to‘liq narxiga teng bo‘lgan hajmdagi chegirma bilan foydalanishlari mumkin:

• Ucell tarmog‘ida 3 yil va undan ko‘p bo‘lgan “Qadrli” maqomidagi abonentlar;

• Ucell tarmog‘ida 3 yil va undan ko‘p bo‘lgan “Izzatli” maqomidagi abonentlar;

• Ucell tarmog‘ida 1 yil va undan ko‘p bo‘lgan “Savlatli” maqomidagi abonentlar.

 

“Raqamni yashirish” xizmatining 30 kunlik opsiyasi bilan “Raqamni yashirish” xizmatining kunlik opsiyasi o‘zaro zid hisoblanadi. Shu tariqa, “Raqamni yashirish” xizmatining 30 kunlik opsiyasini yoqish uchun, Siz oldin xizmatning kunlik opsiyasini o‘chirishingiz lozim. “Raqamni yashirish” xizmatining 30 kunlik opsiyasida avtomatik uzaytirish funksiyasi yo‘q, foydalanish davri tugagach xizmat o‘chiriladi.

 

“Doimiy”, “Sof” tariflar tizimlari hamda “Start 10”, “Ovoz 15” tarif rejalari abonentlari uchun “Raqamni yashirish” xizmatining 30 kunlik opsiyasi avtomatik belgilanish funksiyasi bilan belgilanadi.

 

Mazkur xizmatdan *136# USSD-so‘rovi orqali foydalanish mumkin. Batafsil

Raqamni yashirish