| Xizmat nomi | Xizmat haqida | Xizmat raqami | Xizmat narxi, QQS bilan | Kontent-provayder |
|---|---|---|---|---|
| RBT My Music |
“RBT My Music” platformasi abonent to‘lovi evaziga platformadagi barcha taronalarni tinglash imkonini taqdim etadi: 24 soatlik kirish – 1000 so‘m; 12 soatlik kirish – 500 so‘m (faqat Prepaid abonentlari uchun). Abonent yagona to‘lov evaziga kun davomida taronalarni cheklanmagan miqdorda almashtira oladi. Bepul davr – 3 kun. Foydalanuvchi xizmatni va o‘rnatilgan taronani quyidagi foydalanuvchi interfeyslari vositasida boshqarishi mumkin: http://rbt.cmc.uz web-sayti hamda IVR (8080). Xizmatni yoqish/o‘chirish tartibi: Yoqish usullari: IVR 8080 orqali: Foydalanuvchi xizmatning 8080 qisqa raqamiga qo‘ng‘iroq qiladi, keyin, ovozli menyu (IVR) ko‘rsatmalariga rioya etib, xizmatning taqdim qilinishi va taronalarni boshqarish shartlari bilan tanishib, ularning tanlangan toifasiga o‘tadi. Web-sayt orqali: Foydalanuvchi “RBT” xizmatining http://rbt.cmc.uz veb-saytiga kiradi, taronalar to‘plami hamda xizmatning taqdim etilishi shartlari bilan tanishadi, SMS-xabar vositasida OTP qo‘llagan holda avtorizatsiyadan o‘tadi. Xizmatning taqdim etilishi: Foydalanuvchi tomonidan tarona tanlanganidan so‘ng, foydalanuvchining “RBT” platformasidagi akkaunti faol holatda bo‘lganida, standart ChYN (gudok)ni almashtirish uchun tanlangan tarona o‘rnatiladi va tarona samarali almashgani haqida (SMS-xabar vositasida) bildirishnoma keladi. Keyin, foydalanuvchiga (B abonentga) qo‘ng‘iroq qilganida, chaqiruvchi abonent (A abonent) standart ChYN (gudok) o‘rniga foydalanuvchi tomonidan tanlangan taronani eshitadi. O‘chirish usullari: - Xizmatning http://rbt.cmc.uz veb-saytidagi shaxsiy kabinet orqali; - IVRdagi xizmatni boshqarish menyusi orqali; - 8080 qisqa raqamiga SMS-kodlar (STOP, STOP1) yo‘llash vositasida o‘chirish. Xizmat narxi: 24 soat davomida foydalanish uchun – QQS bilan 1000 UZS. 12 soat davomida foydalanish uchun – QQS bilan 500 UZS. Abonentga xizmatdan foydalanishning bepul davri taqdim etiladi – 3 kun. Xizmat bo‘yicha narxlash 1570 qisqa raqamidan ko‘rinmas SMS yordamida amalga oshiriladi. Narxlash shartlari: Xizmatdan foydalanish uchun abonent 1570 ko‘rinmas qisqa raqamidan har biri 500 UZS qiymatli 2 (ikkita) SMS-xabar olish yo‘li bilan 1000 UZS hajmidagi abonent to‘lovini to‘laydi. Ikkita SMS samarali yetkazilgan taqdirda, abonentga portaldan 24 soatlik foydalanish imkoni taqdim etiladi. 1 SMS yetkazilsa, foydalanish imkoni 12 soatga taqdim etiladi. |
8080 1570 |
Kunlik obuna: 1000 so‘m/kun |
KRON TELEKOM NETVORK |