Abonentlarda avtomatik ovozli xabarnoma (IVR-Broadcaster)

 
Avtomatik ovozli xabarnoma – bu Ucell qiziqarli xizmatlari va aksiyalari haqida abonentlarni  raqamlariga servis raqamidan chiquvchi qo‘ng‘iroq yordamida xabardor qilish usulidir.

Kiruvchi qo‘ng‘iroq orqali abonent biror xizmat yoki aksiya haqidagi ma’lumotni tinglashi va taklif etilayotgan xizmatni telefon tugmachasini bosish yo‘li bilan ulatishi mumkin.
Avtomatik ovozli xabarnoma doirasidagi barcha qo‘ng‘iroqlar bepul.

Abonent reklamali SMS-tarqatmalar kelishini Shaxsiy kabinetda o‘chirib qo‘yish orqali mazkur servis doirasida kiruvchi qo‘ng‘iroqlarni qabul qilishdan voz kechishii mumkin.

Avtomatik ovozli xabarnoma amalga oshiriladigan servis raqami – 8800.