Bepul "Vaqtinchalik bloklash"xizmati raqamingizni 5 kun muddatga bloklab qo‘yishga yordam beradi
Endi, agar telefoningiz yo‘qolgan yoki o‘g‘irlangan bo‘lsa, Siz darhol Ucell abonentlarini qo‘llab-quvvatlash xizmatiga (8123, +998 93 180 00 00) murojaat qilishingiz va raqamingizni 5 kun muddatga bloklab qo‘yishga yordam beruvchi "Vaqtinchalik bloklash" xizmatidan bepul foydalanishingiz mumkin.
Ucell abonentlarini qo‘llab-quvvatlash xizmati operatori bilan bog‘langaningizda Siz yo‘qolgan telefon raqamini, raqam egasining FIO, tug‘ilgan sanasi, pasport ma’lumotlari va propiska qilingan yoki ro‘yxatga olingan manzili aytishingiz kerak bo‘ladi.
Identifikatsiya muvaffaqiyatli tarzda amalga oshirilganida, Sizning raqamingiz 5 kun muddatga vaqtincha bloklab qo‘yiladi (bu muddat davomida tarif uchun abonent to‘lovi va avval faollashtirilgan xizmatlar uchun to‘lovlar yechilmaydi).
5 kunlik muddat mobaynida Siz yo‘qolgan SIM-kartangizni tiklash uchun pasportingizning asli bilan Kompaniyaning o‘zingizga yaqin ofisiga murojaat etishingiz lozim. Ofis xodimi Sizning raqamingizni blokdan chiqaradi va SIM-kartangizni tiklashga yordam beradi.
Agar abonent raqami faol hisob holatida vaqtincha bloklangan bo‘lsa, unda raqam 5 kun davomida avtomatik tarzda faol holatga o‘tkaziladi.
Agar abonent raqami salbiy hisob holatida vaqtincha bloklangan bo‘lsa, unda raqam 5 kun davomida avtomatik tarzda blok holatiga o‘tkaziladi. Abonent raqami faol holatga o‘tishi uchun abonent hisobini to‘ldirishi lozim bo‘ladi.