VMS (Voice Mail Service – Ovoz Pochtasi Xizmati) - Ucell abonentlariga ovozli va video xabarlarni yo‘llash, qabul qilish, eshitib ko‘rish imkonini beradi.
VMS xizmati yordamida siz telefoningiz o‘chirilgan, band yoki xizmat doirasidan tashqarida bo‘lsa ham bironta qo‘ng‘iroqni o‘tkazib yubormaysiz!
Sizga bu xizmatdan foydalanish qulay va oson bo‘lishi uchun quyidagi imkoniyatlar majvud:
Yodda saqlang! "Ovozli pochta" xizmati "Sizga qo‘ng‘iroq qilishdi", "Dinamik ovozli pochta" va “Barcha uchun ovozli pochta” xizmatlari bilan birga amal qilmaydi. Shuning uchun "Ovozli pochta" xizmatini faollashtirishdan oldin, yuqorida keltirilgan xizmatlarni o‘chirish kerak bo‘ladi.
*Ovozli quti to‘lsa, avval eski xabarlar o‘chib ketadi.
**+998930009966 raqamiga yo‘naltirilgan qo‘ng‘iroqlar tarif doirasidagi efir vaqti limitidan foydalanmaydi
Bloklangan paytidan boshlab 29 kundan oshiq vaqt o‘tmagan abonent raqamidan 9977 raqamiga yoki +998931719977 raqamiga qo‘ng‘iroq qilsangiz, sizga raqamingiz bloklanganligi va hisobingizni to‘ldirishingiz kerakligi haqida ma’lumot beriladi. Keyin qo‘ng‘iroq xabarni tinglash uchun Ovozli pochta menyusiga yo‘naltiriladi.
ESLATMA: agar siz O‘zbekiston hududidan tashqarida bo‘lib, Ucell rouming-hamkorlari xizmatlaridan foydalansangiz, VMS xizmatiga bo‘lgan qo‘ng‘iroqlar (kirish va chiqish) rouming tariflari asosida narxlanadi.
Rouming bo‘yicha qo‘shimcha to‘lovlarning oldini olish uchun, agar Siz O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida Ucell SIM-kartasidan foydalanmasangiz, Kompaniya Sizga quyidagilarni tavsiya etadi: