"Doimo aloqada" kunlik to‘plami

Abonent to'lovi  

25 000 so'm/kun

Daqiqalar soni

10 daqiqa*

Boshqarish

*155#

Maksimal tezlikdagi internet trafik hajmi                                                                                                                                                                                        

                  1 GB

 

 

* Megafon (Rossiya) tarmog‘ida Rossiya bo‘ylab barcha chiquvchi qo‘ng‘iroqlar va O‘zbekistonga chiquvchi qo‘ng‘iroqlar. Boshqa mamlakatlarga qo‘ng‘iroqlar va kiruvchi qo‘ng‘iroqlar mazkur daqiqalar limitidan sarflanmaydi va roumingda hududiy narxlash shartlariga muvofiq narxlanadi.

Narxlar soliqlar bilan ko‘rsatilgan.

1. Xizmatni faqat raqami Faol holatda bo‘lgan Prepaid tizimi abonentlari, Dunyo bo‘ylab rouming (Camel Full Roaming)/Chegaradosh mamlakatlarsiz rouming (Camel Not Full Roaming) xizmati yoqilgan bo‘lsa faollashtira oladilar.

2. Xizmatni O‘zbekiston Respublikasi hududida ham, Rossiya hududida ham faollashtirish mumkin.

3. Xizmat ulangan vaqtidan boshlab 24 soatga, avtomatik belgilanish funksiyasi bilan belgilanadi. Avtomatik belgilanishda, agar abonent hisobida mablag‘ yetarli bo‘lmasa, to‘plam belgilanmaydi. To‘plam avtomatik belgilanganidan boshlab 24 soat davomida hisob yetarlicha miqdorga to‘ldirilganida, to‘plam uchun abonent to‘lovi yechiladi va to‘plam belgilangangan vaqtdan boshlab 24 soatga limitlar taqdim etiladi.

4. Agar abonent avtomatik belgilanish vaqtidan boshlab 24 soat davomida hisobini to‘ldirmasa, u holda to‘plam bekor qilinadi. To‘plam belgilangunicha internet, mahalliy va O‘zbekistonga chiquvchi qo‘ng‘iroqlar roumingda hududiy narxlash shartlariga muvofiq narxlanadi.

5. To‘plamni *155# USSD-so‘rovi yordamida, shuningdek Shaxsiy kabinet va www.ucell.uz sayti orqali oyning istalgan kunida o‘chirish/qayta yoqish mumkin.

6. Agar roumingdagi internet-to‘plamlar, «Roumingda cheksiz internet» va «Roumingda uydagidek internet» xizmatlari yoqilgan bo‘lsa, bu xizmatga ulanib bo‘lmaydi.

7. Agar abonent to‘plamning amal qilish muddati oxirigacha daqiqalarni sarflab tugatsa, u holda Rossiya bo‘ylab va O‘zbekistonga chiquvchi qo‘ng‘iroqlar roumingda hududiy narxlash shartlariga muvofiq narxlanadi. MBlar limiti sarflab tugatilsa, to‘plam o‘chirilguniga yoki mustaqil tarzda yangi to‘plam belgilanguniga qadar internet tezligi 128 kb/soniyagacha cheklanadi.

8. To‘plam o‘chirilganida, daqiqalar va/yoki MBlarning barcha sarflanmagan limitlari bekor qilinadi. Qo‘ng‘iroqlar uchun va internet uchun keyingi narxlash roumingda hududiy narxlash shartlariga muvofiq amalga oshiriladi.

9. Rossiyaning boshqa operatorlari tarmoqlarida limitlar amal qilmaydi. Ortiqcha xarajatlarga yo‘l qo‘ymaslik uchun, uyali aloqadan foydalanishdan oldin operator tarmog‘ini tekshirishni so‘raymiz.

10. Hizmat doirasida taqdim etilgan 10 daqiqa* Internet 60 tarif rejasi abonentlari uchun amal qilmaydi. Shuni e’tiborga olishingizni so‘raymizki, mazkur to‘plam faol bo‘lganida internet faqat MegaFon operatori tarmog‘ida amal qiladi, limitdan tashqari xarajatlarning oldini olish maqsadida Rossiyaning boshqa operatorlari tarmoqlarida internetning ishlashi bloklanadi. Rossiyaning boshqa operatorlari tarmoqlarida internetdan foydalanish uchun to‘plamni o‘chirishingizni so‘raymiz, bunday holatda Kompaniya ko‘rsatilgan xizmatlar uchun qayta hisob-kitobni amalga oshirmaydi. Internetning narxlanish qadami – 16 kb.