Raqam o‘zgartirish


“Raqamni o‘zgartirish” xizmati SIM-kartani oʻzgartirmagan holda mavjud Ucell raqamni istalgan boʻsh boʻlgan Ucell raqamga almashtirish imkonini beradi.

  • Manfiy balans holatida xizmatdan foydalanib bolmaydi.
  • Ishonchli tolov xizmati boyicha qarzdorlik mavjud bolsa, xizmatdan foydalanib bolmaydi.
  • Istalgan raqam va muddatli tolovga chiroyli raqam aksiyalari talablari bajarilmagan
  • holatda xizmatdan foydalanib bolmaydi.

 

  • Xizmatga Kompaniya ofislarida ulanish mumkin.
  • Xizmat Prepaid tizimi abonentlari uchun ochiq.
  • Xizmat tizimga ulanganiga 3 oy va undan koʻp boʻlgan raqamlar uchun ochiq.
  • Xizmatdan oyiga 1 marta foydalanish mumkin.
  • Xizmat narxi – 0 soʻm
  • Raqam oʻzgartirilgan taqdirda, avvalgi raqam uchun amal qilgan barcha shartlar yangi raqam uchun ham toʻliq amal qiladi.
  • Xizmatdan abonentlik raqami roʻyxatga olingan abonent shaxsni tasdiqlovchi hujjatni koʻrsatgan holda foydalanishi mumkin.
  • Tanlangan pulli kategoriyadagi yangi raqamning summasi toʻliq toʻlanishi kerak. Almashtirib yuborilgan eski pulli kategoriyadagi raqamga toʻlangan pul qaytarib berilmaydi.
  • “Raqamni o‘zgartirish” xizmati doirasida “Istalgan raqam 2022” va “Muddatli toʻlovga chiroyli raqam” aksiyalari amal qilmaydi.
  • Raqam almashtirilganidan soʻng, Mobil ilova va Shaxsiy kabinetga faqat yangi raqam orqali kirish mumkin bo’ladi. Foydalanilgan xizmatlar tarixini Mobil ilovada va Shaxsiy kabinetda avvalgi raqamdan foydalanish vaqtida amal qilgan xizmatlar tarixini koʻrishning imkoni boʻlmaydi.