Xizmatlarni o‘chirish


Xizmatlarni o‘chirish – abonentlar oldin faollashtirilgan barcha xizmatlarni ko‘plab maxsus USSD-so‘rovlarni kiritmasdan bekor qilishlari uchun qulay vosita.

Xizmatni boshqarish *350#

Xizmat bepul.

Xizmatni boshqarish *350# USSD-so‘rovi vositasida orqali amalga oshiriladi.

1. Ucell  xizmatlarini o‘chirish 1. Abonent to’lovli Ucell xizmatlarini o’chirish*
2. Qo’shimcha Ucell xizmatlarini o’chirish**
3. Barcha Ucell xizmatlarini o‘chirish ***`
4. Ucell xizmatlarini alohida o’chirish
2. Axborot-ko‘ngilochar xizmatlarni o‘chirish Barcha axborot-ko‘ngilochar xizmatlarni o‘chirish.
 
3. Barcha xizmatlarni o‘chirish Barcha xizmatlarni, shu jumladan axborot-ko‘ngilochar xizmatlarni o‘chirish
4.  Xizmat haqida ma’lumot. Xizmat haqida qisqa ma’lumot.


* Abonent to'lovli Ucell xizmatlari, limitlar taqdim etadigan barcha pullik davriy xizmatlarni o'z ichiga oladi.

** Qo’shimcha Ucell xizmatlari limitlar taqdim etilmaydigan qo'shimcha pullik davriy xizmatlarni, shu jumladan: «Sizga qo‘ng‘iroq qilishdi», «Raqamni yashirish», «SMS Filtr-Qora ro‘yxat»", «Ovozli Pochta», «SMS Avto-javob», «SMSni boshqa raqamga yo‘naltirish», «Do‘stim hisobidan SMS», «Maksimal Internet», «Internet Mega Boom»  xizmatlarini o’z ichiga oladi.

*** Barcha Ucell xizmatlari quyidagilarni o'z ichiga oladi: limitlar taqdim etadigan barcha pullik davriy xizmatlar; limitlar taqdim etmaydigan pullik davriy xizmatlar, cheksiz internet-trafik taqdim etadigan pullik xizmatlar, shu jumladan, “Trafik+” va ”Tungi internet” xizmatlarining barcha to’plamlari, “Tungi internet-to‘plamlar”,  “Cheksiz Internet-to‘plamlar”, “Metroda Ucell cheksiz internet-to‘plamlari”, “Soatbay Internet”, “Oylik 4G Internet-to‘plamlar”, “Tunda 4Gni sinab ko‘ring”, “TAS-IX uchun internet-to‘plamlar”.

Limitlar qoldiqlarining saqlanib qolinishi yoki bekor qilinishi xizmat shartlariga muvofiq amalga oshiriladi.

Xizmatning alohida xususiyatlari va istisnolar

Xizmat SMS-xabarnomalarni o’chirmaydi: UzCard, Click, Humo.

Xizmat bir marotabalik avto-uzaytirishsiz axborot ko’ngilochar xizmatlarini o’chirmaydi, shu jumladan online-kinoteatr Mediabay, online-kinoteatr iTV.

Al Chiroq va shunga o’xshash axborot ko’ngilochar ilovalarni o’chirishi o’z ilovalari orqali amalga oshiriladi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi yangilanishlar va yangiliklar haqidagi SMS-xabarnomalarni o‘chirish uchun Siz ijtimoiy tarmoqlardagi akkauntingizdan mobil raqamingizni uzib qo‘yishingiz kerak.


Ushbu xizmat orqali barcha xizmatlarni o‘chirganda:

Nolga tenglashtiriladi:

  • Kunlik va Haftalik Internet-to‘plamlar doirasida to‘plangan barcha megabaytlar (to‘plamlar bekor qilinadi).
  • Kunlik SMS-to‘plamlar doirasida to‘plangan barcha SMSlar.
  • “Trafik+”, “Cheksiz Internet-to‘plamlar”, “Metroda Ucell cheksiz internet-to‘plamlari”, "Oylik 4G Internet-to‘plamlar", “Tunda 4Gni sinab ko‘ring”, “Tungi internet-to‘plamlar”, "Tungi Internet", “Soatbay internet”, “TAS-IX uchun internet-to‘plamlar”   xizmatlar doirasidagi barcha bonuslar.

“Oylik internet-to‘plamlar”, “Haftalik internet-to‘plamlar”, “Kunlik internet-to‘plamlar”, “Tarif doirasidagi maxsus internet-to‘plamlar”, "Oylik 4G Internet-to‘plamlar", “Cheksiz internet-to‘plamlar”, “Sof uchun oylik internet-to‘plamlar”, “Kunlik SMS-to‘plamlar” xizmatlari doirasidagi avto - uzaytirish funksiyasi o‘chiriladi.

"Qo‘ng‘iroqlarni man etish" xizmati doirasida abonent raqamidan ayrim turdagi qo‘ng‘iroqlarni amalga oshirish uchun cheklovlar olib tashlanmaydi.