DJ

 

Xizmat nomi Xizmat haqida Xizmat raqami Xizmat narxi, QQS bilan Kontent-provayder
RBT My Music
 

“RBT My Music” platformasi abonent to‘lovi evaziga platformadagi barcha taronalarni tinglash imkonini taqdim etadi: 24 soatlik kirish – 1000 so‘m; 12 soatlik kirish – 500 so‘m (faqat Prepaid abonentlari uchun).

Abonent yagona to‘lov evaziga kun davomida taronalarni cheklanmagan miqdorda almashtira oladi. Bepul davr – 3 kun.

Foydalanuvchi xizmatni va o‘rnatilgan taronani quyidagi foydalanuvchi interfeyslari vositasida boshqarishi mumkin: http://rbt.cmc.uz web-sayti hamda IVR (8080).

Xizmatni yoqish/o‘chirish tartibi:

Yoqish usullari:

IVR 8080 orqali: Foydalanuvchi xizmatning 8080 qisqa raqamiga qo‘ng‘iroq qiladi, keyin, ovozli menyu (IVR) ko‘rsatmalariga rioya etib, xizmatning taqdim qilinishi va taronalarni boshqarish shartlari bilan tanishib, ularning tanlangan toifasiga o‘tadi.

Web-sayt orqali: Foydalanuvchi “RBT” xizmatining http://rbt.cmc.uz veb-saytiga kiradi, taronalar to‘plami hamda xizmatning taqdim etilishi shartlari bilan tanishadi, SMS-xabar vositasida OTP qo‘llagan holda avtorizatsiyadan o‘tadi.

28.04.2026 y.dan keyin xizmatga ulanish istagini bildirgan abonentlar uchun servisga ulanish vaqtincha mavjud emas.

Xizmatning taqdim etilishi:

Foydalanuvchi tomonidan tarona tanlanganidan so‘ng, foydalanuvchining “RBT” platformasidagi akkaunti faol holatda bo‘lganida, standart ChYN (gudok)ni almashtirish uchun tanlangan tarona o‘rnatiladi va tarona samarali almashgani haqida (SMS-xabar vositasida) bildirishnoma keladi. Keyin, foydalanuvchiga (B abonentga) qo‘ng‘iroq qilganida, chaqiruvchi abonent (A abonent) standart ChYN (gudok) o‘rniga foydalanuvchi tomonidan tanlangan taronani eshitadi.

O‘chirish usullari:

- Xizmatning http://rbt.cmc.uz veb-saytidagi shaxsiy kabinet orqali;

- IVRdagi xizmatni boshqarish menyusi orqali;

- 8080 qisqa raqamiga SMS-kodlar (STOP, STOP1) yo‘llash vositasida o‘chirish.

Xizmat narxi:

24 soat davomida foydalanish uchun – QQS bilan 1000 UZS.

12 soat davomida foydalanish uchun – QQS bilan 500 UZS. 

Abonentga xizmatdan foydalanishning bepul davri taqdim etiladi – 3 kun. Xizmat bo‘yicha narxlash 1570 qisqa raqamidan ko‘rinmas SMS yordamida amalga oshiriladi.

Narxlash shartlari:

Xizmatdan foydalanish uchun abonent 1570 ko‘rinmas qisqa raqamidan har biri 500 UZS qiymatli 2 (ikkita) SMS-xabar olish yo‘li bilan 1000 UZS hajmidagi abonent to‘lovini to‘laydi.

Ikkita SMS samarali yetkazilgan taqdirda, abonentga portaldan 24 soatlik foydalanish imkoni taqdim etiladi. 1 SMS yetkazilsa, foydalanish imkoni 12 soatga taqdim etiladi.

 

8080
1570
Kunlik obuna:
1000 so‘m/kun
KRON TELEKOM NETVORK