"MoodNotes"

"MoodNotes"xizmati

«MoodNotes» ilovasi shaxsiy kundalik tutish, qisqa shaklda kun xulosalarini chiqarish va eng yorqin hodisani muhrlab qo‘yish imkonini beradi. Kayfiyat shkalasini qo‘llagancha, kundalikka o‘z fikrlaringiz va tuyg‘ularingizni yozib boring. Xotiralarni saqlab qo‘yish uchun qaydlarga selfi yoki fotosuratlar qo‘shing. Kayfiyatlar aks etgan qaydlarni taqvimda tomosha qiling, kayfiyat o‘zgarishlari trendini kuzating. Shuningdek, bu ilova holatni tekshirish vaqti bo‘lganini PUSH-bildirishnoma orqali ham eslatadi. «MoodNotes» ilovasi ikkita – iOS hamda Android platformalari uchun ishlab chiqilgan.

 

Xizmatga ulanish tartibi:

Xizmatni web orqali faollashtirish uchun abonent moodnotes.uz havolasi bo‘yicha o‘tishi va o‘z telefon raqamini kiritishi kerak. Shundan so‘ng abonentga xizmat haqida ma’lumot va maxsus kod keladi. Ushbu kodni 3448 raqamiga SMS orqali yo‘llash lozim.

Ulanish abonent tomonidan SMS-xabar yuborish orqali ham amalga oshirilishi mumkin. Buning uchun abonent 3448 raqamiga “MO” matnli SMS yo‘llashi kerak. Xabar yuborilgach, abonentga xizmat haqida ma’lumot va maxsus faollashtirish kodi keladi. Ulanish jarayoni yakunlash uchun shu olingan kodni javob SMSda yo‘llash lozim, shundan keyin xizmat faollashadi.

 

Xizmatni o‘chirish tartibi:

Obunani o‘chirish 3448 xizmat raqamiga M1 matnli SMS-xabar yuborish vositasida amalga oshiriladi.

Narxlash 3445 raqamidan ko‘rinmas SMS yuborish yo‘li bilan amalga oshiriladi.

 

Qo‘shimcha ma’lumot moodnotes.uz saytida. 

 

Qo‘llab-quvvatlash xizmati:  99893 567-74-55