"EasyLang" xizmati
«Easy Lang» – xitoy tilini mustaqil o‘rganish uchun videodarslarga, qo‘shimcha materiallarga va mashqlarga cheksiz kirish imkonini beruvchi onlayn-maktab. Portalda Xitoy haqida ma’rifiy yo‘nalishdagi mualliflik maqolalari va qiziqarli faktlar taqdim etilgan bo‘lib, ushbu mamlakat madaniyatiga yanada chuqurroq sho‘ng‘ish va tilini yaxshiroq o‘rganishga imkon beradi.
Servis ikkita kirish nuqtasini ko‘zda tutadi: WEB va SMS.
Xizmatni ulatish tartibi.
Web orqali faollashtirish uchun abonent http://ucell.easy-lang.uz/ havolasi orqali o‘tishi, so‘ng o‘z telefon raqamini kiritishi lozim. Keyin abonent xizmat haqidagi ma’lumotni va 4759 raqamiga SMS-xabar orqali yo‘llash kerak bo‘lgan maxsus kodni o‘z raqamiga SMS-xabarda oladi.
Shuningdek, Abonent tomonidan SMS-xabar yo‘llash vositasida ham xizmatga ulanish mumkin. Buning uchun abonent 4759 raqamiga “2” matnli SMS-xabar yuborishi lozim. Xabar yuborganidan keyin abonent xizmat haqidagi ma’lumotni hamda faollashtirish uchun maxsus kodni SMS orqali oladi. Ulanish jarayonini yakunlash uchun shu olingan kodni javob xabarida yo‘llash lozim, shundan keyin xizmat faollashadi.
Xizmatni o‘chirish tartibi.
Servisdan foydalanishdan voz kechish uchun 4759 raqamiga «stop lang» matnli SMS yuborish lozim.
Narxlash 4751 raqamidan kiruvchi, ko‘rinmas SMS yordamida amalga oshiriladi.
Qo‘shimcha ma’lumotni ucell.easy-lang.uz saytidan olish mumkin