“Moda haqida jurnal” xizmati
Ushbu veb-xizmat Ucell abonentlariga veb-brauzer yordamida moda portaliga kirish imkoniyatini taqdim etadi. U yerda tegishli to‘lov evaziga abonentga moda olami yangiliklari: yangi kolleksiyalar, trendlar, zargarlik buyumlari, xaridlar va boshqalar haqida ma’lumotlar taqdim etiladi. http://moda.allocontent.uz/ moda portali qulay interfeysga va moslashuvchan dizaynga ega, bu esa uni barcha devayslarda ishga tushirish imkonini beradi. Loyiha ikki tilda: o‘zbek va rus tillarida taqdim etiladi.
Xizmatga ulanish / o‘chirish tartibi.
Xizmatni web orqali faollashtirish uchun, abonent http://moda.allocontent.uz/ havolasi orqali o‘tishi, so‘ng o‘z telefon raqamini kiritishi lozim. Keyin abonentga xabarda xizmat haqidagi ma’lumot hamda 2050 qisqa raqamiga SMS-xabar orqali yuborish kerak bo‘lgan maxsus kod keladi.
Shuningdek, Abonent tomonidan SMS-xabar yo‘llash vositasida ham xizmatga ulanish mumkin. Buning uchun abonent 2050 qisqa raqamiga “MODA” matnli SMS-xabar yuborishi lozim. Xabar yuborganidan keyin abonent xizmat haqidagi ma’lumotni hamda faollashtirish uchun maxsus kodni SMS orqali oladi. Ulanish jarayonini yakunlash uchun shu olingan kodni kiritish lozim, shundan keyin xizmat faollashadi.
Xizmatni o‘chirish uchun 2050 qisqa raqamiga Stop1 buyrug'ini yuboring.
Xizmat narxi: QQS bilan kuniga 1000 so‘m.
Xizmat bo‘yicha narxlash 3050 qisqa raqamidan ko‘rinmas SMS yordamida amalga oshiriladi.
Kontent-provayder mijozlarini qo'llab-quvvatlash markazi: +998 71 200-56-66.