"Murabbiy (trener.ucell.uz)" xizmati
"Murabbiy" – tananing rivojlanishida eng yuqori natijalarga erishishga ko‘maklashuvchi xizmat. Xizmat faollashtirilganda abonent o‘z maqsad va parametrlari haqida ma‘lumotlarni yuborishi lozim, shu ko‘rsatkichlar asosida xizmat turli xil maslaxatlar beradi va oraliq natijalarni kuzatib boradi. Quyidagi maslaxatlar mashq rejalarini barpo etishda, vaznni o‘zgartirishda, menyu ishlab chiqarishda, parhez va hokazolarda ko‘maklashadi. (Xizmat faqat rus tilida taqdim etiladi)
Xizmatga quyidagi usullar orqali ulanish mumkin:
— USSD orqali: abonent *852# buyrug‘ini terishi lozim;
— web orqali: abonent http://trener.ucell.uz/ havolasi bo‘yicha o‘tishi va o‘z telefon raqamini kiritishi lozim;
— SMS orqali: abonent 6300 raqamiga “15” yoki “16” matnli SMS yuborishi lozim.
Yuqoridagi amallardan biri bajarilgandan so‘ng, abonentga xizmat haqida ma’lumot va maxsus faollashtirish kodi bilan SMS xabar yuboriladi. Olingan kodni javob SMS orqali yuborish lozim, shundan so‘ng xizmat faollashtiriladi.
Obuna narxi: Ilk 2 kun bepul, keyin - 650 so‘m/kun.
Kunlik tariflash uchun 5679 qisqa raqamidan ko‘rinmas SMS qo‘llaniladi.
Obuna bo‘lishni bekor qilish uchun “Stop” SMS-xabarini 6300 qisqa raqmiga jo‘nating.
“Murabbiy” xizmati quyidagi havola orqali mavjud: trener.ucell.uz .