"PSY Test" xizmati
“PSY Test” – bu keng auditoriyaga mo‘ljallangan o‘quv xizmati va psixologik testlar portali bo‘lib, unda foydalanuvchilar o‘zlarining psixotiplari, xarakter xususiyatlari va shaxsiyatlarini bilib olishlari mumkin. Abonentlar psixologiya va hayotning turli sohalari bo‘yicha keng ko‘lamli testlardan foydalanish imkoniga ega bo‘ladilar. “PSY Test” xizmati – bu o‘zingizni, boshqalar bilan munosabat va muloqotlaringizni o‘rganishda shaxsiy yordamchidir.
Xizmat quyidagi afzalliklarga ega:
⦁ Xizmatdan smartfon, planshet yoki kompyuterda foydalanish imkoniyati.
⦁ Reklamadan va keraksiz ma’lumotlardan xoli, faqat foydalanuvchi uchun kerakli ma’lumotlar.
Ulanish tartibi
Xizmatga quyidagi usullarda ulanish mumkin:
— web orqali: abonent http://psytest.cifrocess.uz/subscribe/ havolasi bo‘yicha o‘tishi va o‘z telefon raqamini kiritishi lozim;
— SMS-xabar jo‘natish vositasida: abonent 4417 raqamiga “DA” matnli SMS yo‘llashi lozim.
Ko‘rsatilgan amallardan birini bajarganidan so‘ng abonent xizmat haqidagi ma’lumotni va faollashtirish uchun maxsus kodni SMS-xabarda oladi. Ulanish jarayonini yakunlash uchun shu olingan kodni javob SMS-xabarida jo‘natish lozim, shundan keyin xizmat faollashadi.
Xizmatni o‘chirish tartibi:
Xizmatni o‘chirish uchun abonent 4417 raqamiga STOP kodli SMS yuborishi kerak.
Xizmat narxi:
Xizmatdan bir kunlik foydalanish narxi QQS bilan 1200 so‘mni tashkil qiladi.
Xizmat bo‘yicha narxlash 4416 qisqa raqamidan ko‘rinmas SMS-xabar yordamida amalga oshiriladi.
Qo‘llab-quvvatlash xizmati: +998 71 2004600