"Mega Skills"

"Mega Skills" xizmati

“Mega Skills” (skills.cifrocess.uz) xizmati – o‘z mahoratini oshirish va yangi kasblarni o‘rganish istagida bo‘lganlar uchun o‘quv xizmatidir. U turli sohalarda kurslar va o‘quv materiallarining keng assortimentini taklif etadi, jumladan: dizayn, ishlab chiqish va dasturlash, biznes, tijorat, ijtimoiy tarmoqlar uchun kontent yaratish, musiqa, veb-dizayn, pazandalik va boshqalar.

Xizmat quyidagi afzalliklarga ega:

 

Faqat litsenziyalangan va yuqori sifatli kontent. 

Xizmatdan smartfon, planshet yoki kompyuterda foydalanish imkoniyati. 

Reklamadan va keraksiz ma’lumotlardan xoli, faqat foydalanuvchi uchun zarur ma’lumotlar.

 

Ulanish tartibi

 

Xizmatga quyidagi usullarda ulanish mumkin:

— web orqali: abonent http://skills.cifrocess.uz/subscribe/ havolasi bo‘yicha o‘tishi va o‘z telefon raqamini kiritishi lozim;

— SMS-xabar jo‘natish vositasida: abonent 4413 raqamiga “DA” matnli SMS yo‘llashi lozim.

Ko‘rsatilgan amallardan birini bajarganidan so‘ng abonent xizmat haqidagi ma’lumotni va faollashtirish uchun maxsus kodni SMS-xabarda oladi. Ulanish jarayonini yakunlash uchun shu olingan kodni javob SMS-xabarida jo‘natish lozim, shundan keyin xizmat faollashadi.

 

Xizmatni o‘chirish tartibi:

 

Xizmatni o‘chirish uchun abonent 4413 raqamiga STOP kodli SMS yuborishi kerak.

 

Xizmat narxi:

 

Xizmatdan bir kunlik foydalanish narxi QQS bilan 1200 so‘mni tashkil qiladi.

Xizmat bo‘yicha narxlash 4412 qisqa raqamidan ko‘rinmas SMS-xabar yordamida amalga oshiriladi. 

 

Qo‘llab-quvvatlash xizmati: +998 71 2004600