"My Test"

"My Test" xizmati

“My Test” xizmati taʼlim portali boʻlib, unda abonent ingliz, nemis, oʻzbek, rus tillari, adabiyot, matematika, umumiy tarix va boshqa fanlar boʻyicha test sinovlaridan foydalanish imkoniga ega boʻladi.

 

Barcha testlar daraja bo‘yicha izchillikka ega. Xizmat obuna modeli bo‘yicha taqdim etiladi. To‘lov formati – abonent to‘lovining kunlik yechilishi.

 

Xizmat quyidagi afzalliklarga ega:

 

Faqat litsenziyalangan va yuqori sifatli kontent. 

Xizmatdan smartfon, planshet yoki kompyuterda foydalanish imkoniyati. 

Reklamadan va keraksiz ma’lumotlardan xoli, faqat foydalanuvchi uchun kerakli ma’lumotlar.

 

 

Ulanish tartibi

 

Xizmatga quyidagi usullarda ulanish mumkin:

— web orqali: abonent http://test.cifrocess.uz/subscribe/ havolasi bo‘yicha o‘tishi va o‘z telefon raqamini kiritishi lozim;

— SMS-xabar jo‘natish vositasida: abonent 4414 raqamiga “DA” matnli SMS yo‘llashi lozim.

 

Ko‘rsatilgan amallardan birini bajarganidan so‘ng abonent xizmat haqidagi ma’lumotni va faollashtirish uchun maxsus kodni SMS-xabarda oladi. Ulanish jarayonini yakunlash uchun shu olingan kodni javob SMS-xabarida jo‘natish lozim, shundan keyin xizmat faollashadi.

 

Xizmatni o‘chirish tartibi:

 

Xizmatni o‘chirish uchun abonent 4414 raqamiga STOP kodli SMS yuborishi kerak.

 

Xizmat narxi:

 

Xizmatdan bir kunlik foydalanish narxi QQS bilan 1200 so‘mni tashkil qiladi.

Xizmat bo‘yicha narxlash 4415 qisqa raqamidan ko‘rinmas SMS-xabar yordamida amalga oshiriladi. 

 

Qo‘llab-quvvatlash xizmati: +998 71 2004600