"USSD-tanishuvlar"

"USSD-tanishuvlar" xizmati

 

“USSD-tanishuvlar” xizmati abonentlarga xizmatning boshqa foydalanuvchilari bilan tanishish va muloqot qilish imkonini beradi.

 

Belgilangan kunlik/haftalik/oylik abonent to‘lovi evaziga abonentga xizmatning USSD-menyusidan cheksiz foydalanish va boshqa foydalanuvchilarga xizmatning 8100 qisqa SMS-raqamidan kuniga 50 tagacha SMS yuborish imkoniyati taqdim etiladi.

O‘rnatilgan limitdan oshib ketgan har bir keyingi 10 ta SMS alohida narxlanadi.

 

Xizmatni ulash/o‘chirish tartibi:

 

Ulanish uchun *810# chaqiruv USSD-buyrug‘ini terish kerak. Xizmat menyusida to‘plamni tanlab, xizmatni faollashtirish niyatini tasdiqlagach, abonent 8100 raqamidan SMS orqali xizmat haqida to‘liq ma’lumot, narxlash shartlari va tasdiqlash kodini oladi.

Xizmatni faollashtirish uchun shu olingan kodni 8100 raqamiga javob SMS sifatida yuborish kerak.

 

Xizmatni o‘chirish:

 

Xizmatni o‘chirish uchun *810# USSD-raqamini terish va “Boshqaruv” bo‘limini tanlash yoki 8100 qisqa raqamiga STOP so‘zini SMS tarzida yuborish lozim.

 

Xizmat narxi:

 

Dastlabki 3 kun davomida xizmat bepul taqdim etiladi, abonent to‘lovi sinov davri tugagandan so‘ng olina boshlaydi. Xizmatni qayta ulash esa tanlangan to‘plam va ko‘rsatilgan tariflarga muvofiq pullik asosda amalga oshiriladi. Bepul sinov muddati birinchi ulanishda bir martalik taqdim etiladi.

Sinov davri doirasida abonentga USSD-menyuga cheksiz kirish va kuniga 200 tagacha SMS yuborish imkoniyati taqdim etiladi.

 

Kunlik obuna: QQS bilan kuniga 750 so‘m.

Haftalik obuna: QQS bilan haftasiga 2000 so‘m.

Oylik obuna: QQS bilan oyiga 5000 so‘m.

 

Narxlash 8101, 8103, 8104 qisqa raqamlaridan kiruvchi ko‘rinmas SMS vositasida amalga oshiriladi.

Limitdan (ya’ni pullik davrda kuniga 50 xabardan) oshgan SMSlarning narxlanishi 8102 qisqa raqamidan amalga oshiriladi.

10 ta xabardan iborat keyingi to‘plam narxi – 550 so‘m.

 

Qayta ulanish va obuna turini almashtirish:

 

Obuna turini almashtirish yoki qayta ulanish holatida o‘rnatilgan narxlarga muvofiq to‘lov olinadi. Avval haqi to‘langan davr (agar mavjud bo‘lsa) saqlanmaydi.

 

Abonentlarni qo‘llab-quvvatlash xizmati: +99871 2444293