"Moliyaviy prognoz"

"Moliyaviy prognoz" xizmati

https://fc.ucell.uz/ axborot-ko‘ngilochar portali


Portal quyidagilarni o‘z ichiga olgan: dolzarb yangiliklar, valyutalar kotirovkalari, aksiyalar kotirovkalari, dunyodagi ommabop aktivlar bo‘yicha prognozlar, investitsion strategiyalar, o‘rgatuvchi materiallar va testlar, moliyaviy savodxonlikni hech bir yo‘qotishlarsiz oshirish imkonini beruvchi o‘yin mexanikasi.
Rag‘batlantirish sifatida musobaqa effekti va sovrinlar yutish imkoni ham kiritilgan.
Har bir ishtirokchi o‘nta tasodifiy vosita oladi, ulardan har biri bo‘yicha u oddiy prognoz tuzishi – narxning kun yakunigacha harakat yo‘nalishini (yuqoriga yoki pastga) topishi kerak bo‘ladi. Agarda foydalanuvchi yo‘nalishni to‘g‘ri topsa, u 10 ball oladi, bordi-yu topa olmasa, unda 0 ball oladi. Foydalanuvchilar o‘z prognozlarida bellashadilar, ammo bu xizmat qimor o‘yini hisoblanmaydi, chunki foydalanuvchilar pul tikmaydilar va, agarda prognoz amalga oshmasa, hech narsa yo‘qotmaydilar. Eng ko‘p miqdorda ball to‘plagan foydalanuvchi pul mukofotini oladi.

Barcha sovrinlar «ArBoost» MChJ kontent-provayderi tomonidan taqdim etiladi.

Obuna narxi: kuniga 2 000 so‘m.

Ulanish: Xizmatni web orqali faollashtirish uchun, abonent http://fc.ucell.uz havolasi orqali o‘tishi, avtorizatsiya uchun o‘z telefon raqamini kiritishi, so‘ng “Xizmatni faollashtirish” tugmasini bosishi lozim. Keyin abonentga xabarda xizmat haqidagi ma’lumot hamda 5050 raqamiga SMS-xabar orqali yuborish kerak bo‘lgan maxsus kod keladi.

Shuningdek, Abonent tomonidan SMS-xabar yo‘llash vositasida ham xizmatga ulanish mumkin. Buning uchun abonent 5050 raqamiga “Да”, “Yes” yoki “Ha” matnli SMS-xabar yuborishi lozim. Xabar yuborganidan keyin abonent xizmat haqidagi ma’lumotni hamda faollashtirish uchun maxsus kodni SMS orqali oladi. Ulanish jarayonini yakunlash uchun shu olingan kodni kiritish lozim, shundan keyin xizmat faollashadi.


Xizmatni o‘chirish: Xizmat obunasidan voz kechish uchun abonent 5050 qisqa raqamiga Stop buyrug‘ini jo‘natishi zarur.

Kontent-provayder mijozlarini qo‘llab-quvvatlash markazi (Call Center): 6767