"GoodBox"

"GoodBox" xizmati

Xizmat haqida:

«GoodBox» ilovasi har kunlik xayrli ishlar ro‘yxati, shuningdek, kundalikni yuritish esdan chiqib qolmasligi uchun Push-eslatmalar ko‘rinishidagi ilovadir. Kundalikka barcha yaxshi ishlaringizni yozib boring: sotuvchiga xayrli kun tilaganingiz, ishda kasbdoshingizga yordam yoki do‘stingizga maslahat berganingiz kabi. Oddiy, ammo hayotingizni o‘zgartiruvchi narsalarning qadriga yetish uchun xayrli ishlardan foydalaning. O‘z kuningizni tahlil eting va biror yaxshi ishni amalga oshirganingizda o‘zingizni qanday his qilganingizni kuzatib boring. «GoodBox» ilovasi ikkita – iOS hamda Android platformalari uchun ishlab chiqilgan.

 

Xizmatga ulanish tartibi:

Xizmatni web orqali faollashtirish uchun abonent good-box.uz havolasi bo‘yicha o‘tishi va o‘z telefon raqamini kiritishi kerak. Shundan so‘ng abonentga xizmat haqida ma’lumot va maxsus kod keladi. Ushbu kodni 3448 raqamiga SMS orqali yo‘llash lozim.

Ulanish abonent tomonidan SMS-xabar yuborish orqali ham amalga oshirilishi mumkin. Buning uchun abonent 3448 raqamiga “GO” matnli SMS yo‘llashi kerak. Xabar yuborilgach, abonentga xizmat haqida ma’lumot va maxsus faollashtirish kodi keladi. Ulanish jarayoni yakunlash uchun shu olingan kodni javob SMSda yo‘llash lozim, shundan keyin xizmat faollashadi.

 

Xizmatni o‘chirish tartibi:

Obunani o‘chirish 3448 xizmat raqamiga G1 matnli SMS-xabar yuborish vositasida amalga oshiriladi.

Narxlash 3445 raqamidan ko‘rinmas SMS yuborish yo‘li bilan amalga oshiriladi.

Qo‘shimcha ma’lumot good-box.uz saytida. 

 

Qo‘llab-quvvatlash xizmati:  99893 567-74-55