"Cho‘ntak psixologi" xizmati
Mazkur xizmat shaxsiy kamolotga oid turli kurslar, marafonlar va meditatsiyalar, astrologiya va numerologiya kabilar mavjud bo‘lgan platformadir.
Mashqlar to‘plami mazkur sohadagi malakali mutaxassislar tomonidan yaratilgan.
Xizmat ruhiy salomatlikni qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilgan. Xizmatdan ucell.mentalist.uz havolasi orqali foydalanish mumkin.
Xizmat obunali.
Toki obunani bekor qilish buyrug‘i provayder tomoniga jo‘natilgunicha obuna avtomatik tarzda yangi muddatga uzaytiriladi.
Xizmatga ulanish/o‘chirish tartibi:
Xizmatni web orqali faollashtirish uchun abonent ucell.mentalist.uz havolasi bo‘yicha o‘tishi va o‘z telefon raqamini kiritishi kerak. Shundan so‘ng abonentga xizmat haqida ma’lumot va maxsus kod keladi. Ushbu kodni 3448 raqamiga SMS orqali yo‘llash lozim.
Ulanish abonent tomonidan SMS-xabar yuborish orqali ham amalga oshirilishi mumkin. Buning uchun abonent 3448 raqamiga “PSY” matnli SMS yo‘llashi kerak. Xabar yuborilgach, abonentga xizmat haqida ma’lumot va maxsus faollashtirish kodi keladi. Ulanish jarayoni yakunlash uchun shu olingan kodni javob SMSda yo‘llash lozim, shundan keyin xizmat faollashadi.
Obunani o‘chirish 3448 xizmat raqamiga “1” buyrug‘ini (“GABACON” XKning barcha xizmatlarini o‘chirish uchun) jo‘natish vositasida yoki “PSI1” buyrug‘ini (“Cho‘ntak psixologi” xizmatiga obunani o‘chirish uchun) jo‘natish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
3448 raqamiga “Stop1” matnli SMS kontent-provayderning barcha xizmatlariga obunalarni o‘chiradi.
Xizmat narxi:
24 soat davomida foydalanish uchun – 1999 UZS.
12 soat davomida foydalanish uchun – 1000 UZS
(QQS bilan).
Xizmat bo‘yicha narxlash 3298 hamda 3291 qisqa raqamlaridan ko‘rinmas SMS-xabar yordamida amalga oshiriladi.
Qo‘llab-quvvatlash xizmati: 99893 567-74-55