"Relax"xizmati
Relax – mobil ilova-antistress bo‘lib, foydalanuvchilarga o‘zini bo‘sh qo‘yishda, stress va bezovtalikdan qutulishda, uyquni yaxshilash va ish unumdorligini oshirishda ko‘maklashadi. Ilovadan kuniga atigi 20 daqiqa foydalanish kun davomida tetiklikni hamda fikriy salomatlikni saqlash imkonini beradi. Relax ilovasi –Android platformasi uchun ishlab chiqilgan. Meditatsiyaga mo‘ljallangan aksariyat pulli ilovalardan farqli ravishda, u yuqori bo‘lmagan – 499 so‘m narxdagi kunlik obuna shartlarida ishlaydi. Relax ilovasini Play Market platformalasidan (platformaning shartlariga muvofiq tarzda) yuklab olish va o‘rnatish mumkin. Obunani faollashtirgandan so‘ng ilovada stress va bezovtalikdan qutulish, surunkali charchoqni bartaraf etish va uyquni yaxshilash uchun relaksatsion musiqalar va vizual trenajyorlarning maxsus pleylistlariga kirish imkoni ochiladi.
Xizmatni ulatish/o‘chirish tartibi.
Xizmatni web orqali faollashtirish uchun abonent relaxapp.uz havolasi bo‘yicha o‘tishi va o‘z telefon raqamini kiritishi kerak. Shundan so‘ng abonentga xizmat haqida ma’lumot va maxsus kod keladi. Ushbu kodni 3448 raqamiga SMS orqali yo‘llash lozim.
Ulanish abonent tomonidan SMS-xabar yuborish orqali ham amalga oshirilishi mumkin. Buning uchun abonent 3448 raqamiga “relax” matnli SMS yo‘llashi kerak. Xabar yuborilgach abonentga xizmat haqida ma’lumot va maxsus faollashtirish kodi keladi. Ulanish jarayoni yakunlash uchun shu olingan kodni javob SMSda yo‘llash lozim, shundan keyin xizmat faollashadi.
Xizmatni o‘chirish ilova interfeysi orqali yoki 3448 servis raqamiga 1 (ICS XKning barcha xizmatlarini o‘chirish uchun) yoki R1 (Relax ilovasidan foydalanishni o‘chirish uchun) matnini SMS tarzida yuborish vositasida amalga oshiriladi.
Batafsil ma’lumot relaxapp.uz saytida
Abonent to‘lovining yechilishi uchun MT-raqam qo‘llanadi. Xizmat narxi – QQS bilan sutkasiga 499 so‘m.
Qo‘llab-quvvatlash xizmati: 99893 567-74-55