"BAXT MOBILE" xizmati
Baxt Mobile — bu ixtisoslashtirilgan profayllar vositasida qiziqishlar bo‘yicha tanishuvlar xizmati. Ucell abonentlariga bir-biri bilan tanishish, o‘ziga yangi do‘st va juft topish, boshqa foydalanuvchilar hayotidagi yangiliklardan boxabar bo‘lish, shuningdek yutuqlar bo‘yicha musobaqalashish imkonini taqdim etadi.
Foydalanuvchi http://baxt-mobile.uz/ lendingiga o‘tishi va xizmatning taqdim etilish shartlari bilan tanishib chiqib rozilik berganidan so‘ng obunani faollashtirishi, yoki 3295 qisqa raqamiga BM matnli faollashtiruv SMS-xabari yo‘llashi lozim. Obunani faollashtirganidan keyin abonent xizmat lendingida login yaratishi va taqdim etiladigan barcha imkoniyatlardan foydalanishi mumkin bo‘ladi.
Abonent to‘lovi har kuni QQS bilan 999 so‘m miqdorida yechiladi. Birinchi yechilish obunani faollashtirish vaqtida amalga oshadi. Keyin to‘lov balans yetarli bo‘lganida har sutkada avtomatik tarzda yechiladi. Mablag‘ yetarli bo‘lmaganida toki hisob to‘ldirilguniga qadar xizmatdan foydalanish cheklanishi mumkin. Toki abonent tomonidan obunani o‘chirish buyrug‘i jo‘natilguniga qadar obuna avtomatik uzaytiriladi.
Xizmat narxi: 999 so‘m/kun (QQS bilan)
Xizmatga ulanish tartibi:
baxt-mobile.uz saytiga o‘ting va obunani faollashtiring, yoki 3295 qisqa raqamiga BM matnli SMS-xabar yo‘llang.
Faollashtirgandan keyin saytdagi o‘z profilingizga kiring va xizmatning barcha imkoniyatlardan foydalaning. Xizmat narxi obunani avtomatik uzaytirish bilan sutkasiga 999 so‘mni tashkil etadi.
Xizmatni o'chirish tartibi:
Xizmatni o‘chirish uchun abonent 3295 qisqa raqamiga BM1 matnli SMS-xabar yo‘llashi lozim.
Notifikatsiya raqami: 3295
Tarifikatsiya raqami: 3296