“Baraka Show”

“Baraka Show” promo aksiyasi

“BARAKA SHOW” – bu “AMAD” kompaniyasi tomonidan “AMAD” mahsulotlari xaridorlari uchun tashkil etiluvchi rag‘batlantiruvchi promo-aksiyasi.

Abonentlar “Boriga Baraka” teleshousida qatnashish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Ishtirok etish uchun abonent “AMAD” mahsulotida ko‘rsatilgan noyob promokodni 7500 qisqa raqamiga yuborishi kerak.

Ishtirokchi “Boriga baraka” teleshousi efirida tasodifiy tartibda aniqlanadi va “Boriga baraka” teleshousida ishtirok etish imkoniyatini qo‘lga kiritadi.

 

Barcha sovrinlar va g‘oliblarni tanlash kontent-provayder zimmasida.

Operator g‘olibni tanlash va sovrinlarni taqdim etish uchun javobgar emas.

 

Ulanish tartibi:

Abonent maxsus belgilangan “AMAD” promo-qadog‘idagi promo-aksiya mahsulotini xarid qiladi. Mahsulotning ichki qismidan maxsus kodni topadi va uni 7500 qisqa raqamiga SMS orqali yuboradi. Abonent raqami aksiyada ishtirok etib, “Boriga baraka” teleshousida ishtirok etish imkoniyatini beradi. G‘olib “Zo‘r TV” telekanalidagi “Boriga Baraka” shousining jonli efirida tasodifiy tarzda aniqlanadi.

 

Xizmatni o‘chirish tartibi:

Xizmat obunali emas.

Obunani bekor qilish talab etilmaydi.

 

Xizmat narxi:

Xizmat narxi – har bir chiquvchi xabar uchun QQS bilan 200 so‘m.

 

Xizmatni narxlash 7500 qisqa raqamidan keluvchi SMS-xabar yordamida amalga oshiriladi.