"Cron Games" xizmati
“Cron Games” veb-xizmati – bu zamonaviy oʻyin portali boʻlib, unda Ucell abonentlari turli mobil indie-oʻyinlarni onlayn rejimda, oddiy va qulay usulda oʻynashlari mumkin: arkadalar, boshqotirmalar, pazzllar, shuterlar, stol oʻyinlari va ko‘plab boshqalari.
“Cron Games”ni brauzerda o‘ynash mumkin, buning uchun faqat internetga ulanish talab etiladi.
“Cron Games” interaktiv o‘yinlar veb-xizmatining mexanizmi juda oddiy. Abonent http://games.cmc.uz havolasi orqali veb-xizmat sahifasiga o‘tadi va u yerda xizmat interfeysini ko‘radi.
Xizmatni faollashtirish/o‘chirish tartibi.
Xizmatga ulanish uchun abonent http://games.cmc.uz havolasi bo‘yicha o‘tishi, xizmatning taqdim etilish shartlari, uning narxi va o‘chirish usuli bilan tanishib chiqishi, keyin telefon raqamini +9989XXXXXXXX formatida kiritishi hamda “Ro‘yxatdan o‘tish” tugmasini bosishi lozim.
Shundan keyin abonent ro‘yxatdan o‘tishni yakunlash uchun kiritishi kerak bo‘lgan kodni SMS orqali oladi. Kodni kiritishi saytda joylashtirilgan o‘yin portalidan foydalanish qoidalari bilan tanishganligini tasdiqlaydi.
Ulanish shartlari: 24 soat foydalanish – xizmatdan foydalanish narxi QQS bilan 1500 so‘m. 1428 qisqa raqamidan SMS orqali ikki marta 750 so‘mdan yechib olinadi.
12 soat foydalanish – xizmatdan foydalanish narxi QQS bilan 750 so‘m. 1428 qisqa raqamidan 1 SMS orqali yechib olinadi.
Agar abonent hisobida bir kunlik obunaning to‘liq narxini to‘lash uchun mablag‘ yetarli bo‘lmasa, abonentdan 12 soatlik cheklangan foydalanish narxi undiriladi. 12 soatlik cheklangan foydalanish narxi QQS bilan 750 so‘m.
Xizmatni o‘chirish uchun abonent 1479 raqamiga STOP matnli bepul xabar yuboradi. Javoban abonent 1479 qisqa raqamidan xizmatni o‘chirish haqidagi matnli bepul xabar oladi. Har qanday obuna mavjudligini tekshirish uchun abonent 1479 qisqa raqamiga “info” soʻzini yuborishi mumkin. Javoban u 1479 qisqa raqamidan kontentga obunalar bor yoki yoʻqligi haqida SMS-xabar oladi.
Xizmat narxi: 24 soat davomida foydalanish uchun – QQS bilan 1500 so‘m.
12 soat davomida foydalanish uchun – QQS bilan 750 so‘m.
Xizmatni narxlash 1428 qisqa raqamidan ko‘rinmas SMS orqali amalga oshiriladi.
Qo‘llab-quvvatlash xizmati: 99871 200-45-55