"IVR-portal" xizmati
Duv-duv gap – bu ovozli interaktiv portal bo‘lib, u yerda siz ovozli chat orqali qiziqarli insonlar bilan tanishishingiz yoki interaktiv pleyer yordamida onlayn rejimda zamonaviy taronalarni tinglashingiz mumkin.
“Duv-Duv Gap” xizmatini faollashtirish va o‘chirish IVR-portal ichida amalga oshiriladi. Ulanish uchun abonent 777 qisqa raqamiga qo‘ng‘iroq qilishi lozim, keyin u ovozli menyuga tushadi.
Abonentga “Pleyer” hamda “Ovozli chat” toifalaridagi bo‘limlar taklif etiladi. Tanlangan bo‘limga o‘tganda xizmatning ofertasi, taqdim etilish shartlari, narxi va o‘chirish usuli o‘qib eshittiriladi.
Ulanishni tasdiqlash uchun abonent ovozli menyuda ko‘rsatilgan tegishli raqamni terishi lozim.
Mazkur xizmat 1450 qisqa raqami orqali narxlanadi . Ushbu xizmatni o‘chirish uchun abonent 1427 qisqa raqamiga STOP777 matnini jo‘natishi lozim. Abonent bunda IVR777 raqamidan bepul xabar oladi. Biror obuna mavjudligini tekshirish uchun abonent 1427 qisqa raqamiga bepul xabar tarzida “info” so‘so‘zini yuborishi mumkin, javoban u kontentga obuna bor-yo‘qligi haqida 1427 qisqa raqamidan bepul xabar oladi.
Xizmat narxi – 1000 so‘m
Qo‘llab-quvvatlash xizmati: 99871 200-45-55