"music.cmc.uz interaktiv veb-pleyer" xizmati
Xizmat o‘zbek va rus tillarida taqdim etiladi.
Xizmatni faollashtirish uchun quyidagilarni amalga oshirish lozim:
Xizmatga ulanish uchun abonent http://music.cmc.uz havolasi bo‘yicha o‘tishi, xizmatning taqdim etilish shartlari, uning narxi va o‘chirish usuli bilan tanishib chiqishi, keyin telefon raqamini +9989XXXXXXXX formatida kiritishi hamda “Ro‘yxatdan o‘tish” tugmasini bosishi lozim. Shundan keyin abonent ro‘yxatdan o‘tishni yakunlash uchun kiritishi kerak bo‘lgan kodni SMS orqali oladi. Kodni kiritishi portalda joylashtirilgan xizmatdan foydalanish qoidalari bilan tanishganligini tasdiqlaydi.
Xizmatga obunani bekor qilish uchun, STOP MUSIC ni 2354 raqamiga yuborish lozim.
http://music.cmc.uz veb-saytida foydalaniladigan barcha internet-trafik abonent tomonidan tarif rejasi doirasidagi Ucell-internet narxiga muvofiq yoki xarid qilingan internet-to‘plamdan sarflanadi.
Qo‘shimcha ma’lumotlar bilan batafsil quyidagi saytda tanishish mumkin: http://cmc.uz/
Interaktiv veb-pleyer – bu Ucell kompaniyasi abonentlari uchun sifatli mahalliy va xorijiy musiqalarni tinglash uchun katta mediatekaga kirish imkoniyatini beradi. Bir martalik kunlik abonent to’lovi evaziga, abonent cheklovlarsiz eng ommabop yangi xitlarni tinglashlari mumkin. Xizmatdan faqat iOS va Android platformalarida ishlaydigan smartfonlarda foydalanish mumkin.
Abonent obunasining muddati chegaralanmagan, u xizmatni bekor qilgungacha amal qiladi.
Xizmatning URL manzili: music.cmc.uz
Qo‘llab-quvvatlash xizmati: 99871 200-45-55