"RBT My Music"

"RBT My Music" xizmati

“RBT My Music” platformasida abonent toʻlovi 12 soat uchun — 500 so‘m, 24 soat uchun – 1000 so‘m. Toʻlovdan soʻng platformadagi barcha taronalarni tinglash mumkin (faqat Prepaid abonentlari uchun). Abonent yagona to‘lov evaziga kun davomida taronalarni cheksiz marta almashtira oladi. Bepul davr – 3 kun. Foydalanuvchi mazkur xizmatni va o‘rnatilgan taronani foydalanuvchi interfeyslari: http://rbt.cmc.uz web-sayti hamda IVR (8080) vositasida boshqaradi.

 

Xizmatni faollashtirish/o‘chirish tartibi:

Mazkur xizmatga IVR hamda veb-sayt orqali ulanish mumkin. IVR orqali ulanish uchun 8080 raqamiga qo‘ng‘iroq qilish, ovozli menyuda xizmat shartlari, narxi hamda o‘chirish usuli bilan tanishish va tegishli tugmachani bosish orqali ulanishni tasdiqlash lozim.

Veb-sayt orqali ulanish uchun http://rbt.cmc.uz saytiga o‘tish, xizmat shartlari bilan tanishish, telefon raqamini +9989XXXXXXXX formatida kiritish va “Ro‘yxatdan o‘tish” tugmasini bosish lozim. Shundan keyin abonent ro‘yxatdan o‘tishni yakunlash uchun kiritishi kerak bo‘lgan kodni SMS orqali oladi. Kodni kiritishi portalda joylashtirilgan xizmatdan foydalanish qoidalari bilan tanishganligini tasdiqlaydi.

 

Xizmatning taqdim etilishi: Foydalanuvchi taronani tanlagach, RBT platformasidagi foydalanuvchi akkaunti faol holatda bo‘lsa, standart chaqiruv tovushi (gudok) o‘rniga tanlangan tarona o‘rnatiladi va tarona almashtirilgani (SMS xabar vositasida) ma’lum qilinadi. Keyin foydalanuvchiga (B abonentga) qo‘ng‘iroq qilganida, chaqirayotgan abonent (Aabonent) standart chaqiruv tovushi (gudok) o‘rniga foydalanuvchi tanlagan taronani eshitadi.

 

O‘chirish usullari:

- Xizmat veb-saytidagi (http://rbt.cmc.uz) shaxsiy kabinet orqali;

- IVRdagi xizmatni boshqarish menyusi orqali;

- 8080 qisqa raqamiga SMS-kodlarni (STOP, STOP1) yuborish vositasida o‘chirish.

 

Xizmat narxi:

12 soat uchun abonent to‘lovi – 500 so‘m QQS bilan.

24 soat uchun abonent to‘lovi – 1000 so‘m QQS bilan.

Abonentga xizmatdan foydalanishning bepul davri taqdim etiladi – 3 kun.  

 

Xizmat bo‘yicha narxlash 1570 qisqa raqamlaridan ko‘rinmas SMS yordamida amalga oshiriladi.

 

Narxlash shartlari:

 

Xizmatdan foydalangani uchun abonent 1570 ko‘rinmas qisqa raqamidan har biri 500 so‘mlik 2 (ikki)ta SMS-xabar olish orqali 1000 so‘m miqdorida abonent to‘lovini to‘laydi.

 

2 ta SMS samarali yetkazib berilgan taqdirda abonentga portalga 24 soat davomida kirish taqdim etiladi. 1 ta SMS yetkazib berilgan taqdirda, 12 soat davomida kirish imkoni taqdim etiladi.

 

Qo‘llab-quvvatlash xizmati:  99871 200-45-55